Yanvar oyida nechta tashkilotda nazorat tadbirlari o’tkaziladi?
Joriy yilning dastlabki oyi uchun tekshirishlar rejasi tasdiqlandi. “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining markaziy apparati va filiallari xodimlari temir yo‘llarda yuk tashishni tashkillashtirish, texnik vositalardan foydalanish, taʼmirlash va ularni ishchi holatda saqlash yuzasidan “O‘ZBEKKO‘MIR” AJ, "HUDUDGAZ NAMANGAN" MCHJ, "FARG‘ONA SAIDAXMAD" MCHJ, “QONIRAT MEXANIZATSIYA QURILIS” MCHJ kabi 8 ta tashkilotda nazorat tadbirlarini olib borishadi.
Tekshirishlar yakuniga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilish choralari ko‘riladi, harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar aniqlanganda inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan tegishli ko‘rsatma kiritiladi va amaldagi qonunchilikka asosan muddatlar belgilandi. Nazorat tadbirlari yakunlangandan so‘ng amalga oshirilgan ishlar yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotlar saytimizda va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda orqali eʼlon qilinadi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati