Inspeksiyaning Buxoro filiali xodimlari tomonidan “Samarqand neft mahsulot quyish” masʼuliyati cheklangan jamiyatida tekshiruv o‘tkazildi. Nazorat tadbirida tashkilot tasarrufidagi temir yo‘llarda yuk tashishni tashkillashtirish, texnik vositalardan foydalanish, taʼmirlash va ularni ishchi holatda saqlash holati tekshirildi.

Mazkur tashkilot shaxobcha temir yo‘lida hozirgi davrga qadar poyezd va manyovr ishlarida harakat xavfsizligi buzilishlari, poyezdlar halokati, avariya, alohida nuqson holatlari, nuqson holatlari sodir bo‘lmagan. Shuningdek, shaxobcha temir yo‘l izlari 2019-2020 yillar davomida defektoskopiya nazoratidan o‘tkazilganligi aniqlandi.

Tekshirish davomida jami 17 ta kamchilik aniqlangan bo‘lib, ularning 7 tasi harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar tashkil etadi. Jumladan, shaxobcha temir yo‘lning texnik pasporti normativ texnik hujjatlar va haqiqiy holatga to‘g‘ri kelmasligi sababli qayta tuzish talabi qo‘yildi. Mavjud 4 tormoz boshmog‘ining barchasi tamg‘alanmaganligi, o‘rnatilgan tartibda bo‘yalmaganligi va raqamlanmaganligi bois tormoz boshmoqlari ekspluatatsiyadan olinib, ulardan foydalanish taqiqlandi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan ko‘rsatma kiritildi. 

O`ztemiryo`lnazorat inspeksiyasi
Axborot xizmati