Qarshi vagon deposida seminar o‘tkazildi

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari tasdiqlangan rejaga muvofiq profilaktik tadbirlarni davom etirishmoqda. Navbatdagi tadbirlardan biri Qarshi vagon deposida taʼmirlash sex rahbarlari va ishchi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda joriy yildning 11 oyi davomida temir yo‘llarda harakat xavfsizligi buzilish holatlari o‘rganib chiqildi hamda sabab va oqibatlar tahlil qilindi. Harakat xavfsizligini taʼminlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, harakat xavfsizligini buzilishiga olib keluvchi nuqson holatlari kelib chiqishining asosiy omillari o`rganilib, uni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.  Noyabr oyi davomida yo‘l qo‘yilgan 152 ta nuqson holatini qaytarilmaslik uchun chora-tadbirlar belgilandi. Har bir holat batafsil tushuntirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari, Signalizatsiya hamda poyezdlar harakati va manevr ishlari to‘g‘risida yo‘riqnoma talablari hamda Texnik foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament mazmun-mohiyati yuzasidan seminar ishtirokchilariga tushuntirish berildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati