Dekabr oyida nechta tashkilot tekshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5490-son farmoniga muvofiq “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining markaziy apparati hamda filiallari tomonidan 21 ta tashkilotning temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini taʼminlashi borasidagi faoliyati tekshiriladi.
Markaziy apparat xodimlari “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatida nazorat tadbirlarini o‘tkazsa, filiallar o‘z hududlaridagi shaxobcha temir yo‘llariga ega tashkilotlar faoliyatini tekshirishadi. Barcha tekshirishilar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatga olgan holda o‘tkaziladi.
Maʼlumki, “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tekshirishlar bilan birgalikda profilaktik tadbirlarni ham amalga oshirishadi. Inspektorlar joriy oy davomida 408 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirishgan. Temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlashda, ehtimoliy xavflarni oldini olishda profilaktik ishlarni tashkil etish samarali hisoblanadi. Seminar mashg‘ulotlarida temir yo‘l sohasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishadi, bilim va malakalarini mustahkamlashadi.
Profilaktik tadbirlarda temir yo‘l transportiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, qabul qilingan hujjatlarning mazmun mohiyati, ulardagi o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida maʼlumot beriladi. Shuningdek, harakat xavfsizligini taʼminlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati