Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlar tahlili

 

 Joriy yil davomida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini o‘z vaqtida sifatli ko‘rib chiqish, ularni shaxsiy qabul qilish hamda sayyor qabullar tashkil etish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yil boshidan beri 41 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 17 tasi inspeksiya faoliyatiga taalluqli emasligi aniqlangan. Ushbu masalalar umumlashtirilganda inspeksiya vakolatiga kirmaydigan masalalar masalan, maishiy mavzular, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy taʼminot masalalari, obodonlashtirish va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga ishga kirish kabilarni qamrab olgan. Mazkur masalalar yuzasidan ariza mualliflariga tushuntirish berilgan, qolganlari esa o‘z muddatida sifatli ijro etilgan.

Xuddi shunday, sayyor qabullar jadvaliga asosan inspeksiya rahbarlari tomonidan joriy yilning shu davriga qadar jami 7 marotaba sayyor qabullar uyushtirilib, 9 nafar shaxs turli masalalar yuzasidan qabul qilingan. Buxoro, Qo‘qon, Urganch, Qarshi, Toshkent shaharlaridagi sayyor qabullarda ko‘plab murojaatlarga joyida tushuntirish berilgan hamda aksariyati ijobiy yechim topgan.  

Ijro intizomini mustahkamlash va murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish inspeksiya rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, har hafta yakuni bo‘yicha monitoring o‘tkazilib, yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatda bajarmaganligi sababli ayrim mansabdor shaxslarning intizomiy javobgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati