Transportda xalqaro darajada xavfsizlikni taʼminlash masalalari

 

Moskvada MDH aʼzo davlatlarining transportda xavfsizlik Kengashi muvofiqlashtiruvi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashning 12-majlis yig‘ilishi videokonferensiya tarzida o‘tkazildi. Transport vazirligi huzuridagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Abduraxmanov hamda bo‘lim boshlig‘i I.Xalmuxamedovlar ushbu majlisda ishtirok etishdi.

Dastlab o‘tgan galgi majlis qarori va Kengashning faoliyati bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda galdagi vazifalar belgilab olindi. 2020 – 2025 yillarda MDH aʼzo davlatlari hududida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida trfnsportda xavfsizlikni taʼminlash Strategiyasini amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Majlis ishtirokchilarining fikr va mulohazalari asosida Strategiya takomillashtirilishi kelishib olindi.

Shuningdek, MDHga aʼzo davlatlarning transportda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan hamkorligini kuchaytirish, normativ hujjatlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi va bu bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va uni amalga oshirilishi kelishib olindi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati