Noyabr oyida 400 dan ziyod profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan
Inspeksiya markaziy apparati va filiallari inspektorlari tomonidan noyabr oyi davomida 408 ta profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlashda, ehtimoliy xavflarni oldini olishda profilaktik ishlarni tashkil etish samarali hisoblanadi. Shu bois inspeksiya xodimlari tekshirishlar bilan birgalikda seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta eʼtibor qaratishadi. Temir yo‘l sohasi xodimlarning bilim va malakasini mustahkamlash orqali xavfsizlikni taʼminlashga erishish maqsadi bosh mezon hisoblanadi.
Tadbirlarda sohaga doir normativ hujjatlar mazmun mohiyati, ulardagi o‘zgarish va qo‘shimchalar batafsil tushuntiriladi. Shuningdek, normativ hujjatlarning amaliyotda qo‘llanishi bo‘yicha ham tushuntirishlar beriladi. Qolaversa, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan aniq va batafsil javob olishadi.
Joriy yil davomida har bir xo‘jalik bo‘yicha harakat xavfsizligini taʼminlashdagi kamchiliklar tahlil qilinadi va qayd etilgan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi. Inspektorlar har bir xo‘jalikdagi ishlarni sifat jihatdan yaxshilash, yana-da takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishadi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati