Navbatdagi tadbir
Inspeksiyaning markaziy apparati va filiallarida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Toshkent filiali inspektorlari tasdiqlangan rejaga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati korxonalari va shaxobcha temir yo‘liga ega tadbirkorlik subyektlarida seminarlar o‘tkazishmoqda.
Navbatdagi tadbir Aranchi temir yo‘l bekatida joylashgan ECHK-3 sexi ishchilari ishtirokida tashkil qilindi. Unda elektr taʼminoti xo‘jaligi xodimlariga sohaga oid normativ hujjatlar mazmun mohiyati va amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borildi.
Dastlab 2021 yilning ortda qolgan davrida qayd etilgan harakat xavfsizligini taʼminlashdagi nuqson holatlari va ularni keltirib chiqargan sabablar tahlil qilindi. Nuqson holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, harakat xavfsizligini taʼminlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda kontakt tarmog‘i qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari yo‘riqnomasi batafsil tushuntirildi, Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda foydalaniladigan qurilmalar bilan ishlash qoidalari hamda ularni davriy sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati