Orolbo‘yi filialida navbatdagi seminar

 

Inspeksiyaning Orolbo‘yi filiali tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Ko‘ng‘irot bekati Ko‘ng‘irot signallashtirish va aloqa distansiyasida tashkil etilgan navbatdagi seminar-yig‘ilishida 20 nafardan ziyod ishchi xodimlarning ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab 2021 yilning 6 oyi davomida" O‘zbekiston Temir yo‘llari " aksiyadorlik jamiyati temir yo‘llarida sodir etilgan poyezdlar harakati xavfsizligi buzilishi holatlari bilan tanishtirildi va sabablari tanqidiy muhokama qilindi.  

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida temir yo‘l kesishmalarida harakatlanuvchi tarkibning avtotransport vositalari bilan to‘qnashuvlari  holatlari bilan tanishtirib o‘tildi.  Signalizatsiya va aloqa xo‘jaligida poyezdlar harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi xato kamchiliklarning asosiy sabablari ko‘rib chiqildi va ularning oldini olish bo‘yicha nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirildi. Texnik qurilmalarning ishlash sifatini oshirish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ham tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga asosli javoblar olishdi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati