“Qamashi” stansiyasida seminar o`tkazildi
Temir yo‘l kesishmasi, avtotransport vositalari va piyodalar o‘tish joylari qulay bo‘lishi, doimo ishchi holatda saqlanishi lozim. Bu boradagi ishlar “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining markaziy apparati va filiallari qatori Qashqadaryo filiali tomonidan ham muntazam nazorat qilib borilmokda.
Xususan, “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo filiali tomonidan ham joriy yilning iyun oyida temir yo‘llarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida filial boshlig‘i va xodimlari tomonidan 69 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, “Qamashi” stansiyasi hududida tashkil etilgan navbatdagi seminar mashg‘ulotida dastlab joriy yilning ortda qolgan davrida harakat xavfsizligi buzilish holatlari tahlil qilindi. Kamchiliklar oldini olish va ularni takrorlamaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tormoz qismlarini taʼmirlash yo‘riqnomasi, avtobrikmalar qismlarining nosozliklari yo‘riqnomasi kabi hujjatlar mazmun-mohiyati va amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati