Qoidalarga bepisand qarab hayotingizni xavf ostiga qoldirmang

 

Har bir daqiqa, soniyalar inson taqdirini qanchalar o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ushbu o‘zgarishni ijobiy yoki salbiy ko‘rinish olishi eng avvalo o‘zimizga bog‘liq. Barchamiz birdek maqsadlarimiz sari intilamiz, izlanamiz lekin oddiy hollarda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib o‘zimiz va yaqinlarimiz sog‘lig‘iga putur yetkazamiz, baʼzan eng aziz neʼmat insonlar umriga zomin bo‘lishimiz mumkin. “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda temir yo‘l kesishmalarida qoidalarga amal qilishga chorlab, turli tadbirlar va seminarlar tashkil etiladi. Ammo baribir   avtomashina haydovchilarining aybi bilan temir yo‘l kesishmalarida yuz berayotgan harakatdagi tarkibning avtotransport vositasi bilan to‘qnashuvlari poyezdlar va avtotransport vositalari harakati xavfsizligiga haqiqiy xavf bo‘lib qolmoqda.  2021 yilning 5 oyi davomida temir yo‘l kesishmalarida harakatdagi tarkibning avtomashina bilan to‘qnashuvlari bo‘yicha 15 ta holatga yo‘l qo‘yilgan. Ushbu holatlarning sodir bo‘lishida haydovchilarning o‘rnatilgan qoidalarga amal qilmasligi va shoshma-shosharligi sabab bo‘lgan. Oqibatda avtomashina salonida bo‘lgan haydovchilar  va yo‘lovchilar jarohatlanishgan, ayrim vaziyatlarda ularning taqdiri fojiali yakun topgan.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi barcha haydovchilarni temir yo‘l kesishmasida harakatlanayotganda qoidalarga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi. Temir yo‘lni faqat belgilangan joylardan kesishib o‘tish talab etiladi. Bu orqali Siz o‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti va sog‘ligini turli xatarlardan saqlab qolishingiz mumkin.

 O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati