Profilaktik tadbir o‘tkazildi

Inspeksiyaning markaziy apparati va filiallari xodimlari temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlanishi ustidan nazorat tadbirlari bilan birgalikda profilaktik tadbirlarni ham davom ettirishmoqda. Joriy oyning ortda qolgan vaqtida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxonalarda hamda shaxobcha temir yo‘liga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida 252 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Toshkent filialida ham temir yo‘l xodimlarining bilim va malakasini mustahkamlash, ehtimoliy xavfni oldini olishga qaratilgan  seminar mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Navbatdagi profilaktik ishlar Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli “Salar” stansiyasida tashkil etildi. Unda aloqa va signallashtirish bo‘yicha bosh inspektor tomonidan normativ hujjatlar mazmun mohiyati, amaliyotda qo‘llanishi bevosita temir yo‘l hududiga chiqqan holda tushuntirildi. Stansiya ishchi-xizmatchilari seminar davomida ko‘plab savollariga javob olishdi. Profilaktik ishlar har bir xo‘jalik bo‘yicha davom ettirilmoqda.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati