Ijro intizomi doimiy nazoratda
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va ularni muddatida sifatli ko‘rib chiqish masalalari doimiy nazoratga olingan.
Jumladan, har 15 kunda kelib tushgan nazorat hujjatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan monitoring o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 15-oktyabridan 1-noyabriga qadar inspeksiyaga jami 93 ta nazorat hujjati va 1 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, barchasi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan. Shuningdek, hududiy filiallarga ham 13 ta murojaat kelib tushgan. Ijroga qaratilgan barcha hujjatlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarish maqsadida tezkorlik bilan masʼul ijrochilarga yetkazilgan. Muddati buzilgan yoki sifatsiz ijro etilgan hujjatlar mavjud emas. Bundan tashqari, ijro intizomi (idoralararo yagona elektron tizimi (app.igro.uz) saytiga elektron tartibda yil boshidan jami 30 ta nazorat hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, bugungi kunda ulardan 3 tasining ijro muddatlari yil oxirigacha bo‘lganligi sababli ayni paytda jarayonda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2021-yil 18-oktyabrdagi 151-son “Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarida qayd etilgan muammolarni hal etish masalalarini Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va vazirliklarda tekshirish natijalari to‘g‘risida”gi bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2021-yil 1-noyabrdagi 157-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalari to‘g‘risida”gi bayoni ijroga qabul qilinib, inspeksiya boshlig‘i rahbarligida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilish qaroriga ko‘ra tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Ijro intizomini mustahkamlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish masalalari, ularni to‘liq elektron shaklda rasmiylashtirish, bu borada hududiy filiallar faoliyatidagi ahvolni o‘rganish borasida ishchi guruh tomonidan monitoringlar o‘tkazildi. Uning yakuni bo‘yicha kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilandi. Inspeksiya boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra murojaatlarni rasmiylashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
K.Ismoilov
Jismoniy va yuridik shaxslar
murojaatlari bilan ishlash va
ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i