9 oylik murojaatlar tahlili

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga 2021-yilning yanvar-sentabr oylari davomida jami 221 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 204 tasi bevosita inspeksiyaga, 17 tasi esa Virtual qabulxona orqali kelib tushgan. Barcha murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida o‘rganib chiqilib, ijrosi taʼminlangan.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilangan. Ammo joriy yilning 9 oyi davomidagi murojaatlarni tahlili  bevosita inspeksiya vakolatiga kirmaydigan murojaatlar oshganini ko‘rsatyapti. Mazkur murojaatlarning barchasi o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilib, idoraviy mansubligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan.  Aksariyat murojaatchilarga batafsil tushuntirish berilgan. Jumladan, Virtual qabulxona orqali kelib tushgan murojaatlarning 8 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda murojaatchiga bu haqda yozma axborot berilgan. Shuningdek, bevosita inspeksiyaga kelib tushgan 204 ta murojaatdan 72 tasiga tushuntirish berilgan.

Inspeksiyaning markaziy apparati va filiallarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ish yuritish masalalari muntazam monitoring qilib kelinadi. Murojaatlar bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida xodimlar uchun Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i K.Ismoilov tomonidan kerakli ko‘rsatmalar berib boriladi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati