2024-yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan Ochiqlik indeksida Transport nazorati inspeksiyasi faoliyati yuqori baholandi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq https://lex.uz/docs/-6066512

davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi natijalari e’lon qilindi. https://t.me/antikor_uzb/3517

Quvonarlisi, Transport nazorati inspeksiyasi inspeksiyalar orasida birinchi, barcha vazirlik va idoralar orasida esa, faxrli oltinchi pog‘onadan joy oldi.

Eng yuqori ijobiy o‘sish “Uzbekistan Airways” AJ (+42 ball), Transport nazorati inspeksiyasi (+46 ball), Sport vazirligi (+47 ball), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (+52 ball) tomonidan qayd etilgani ham alohida e’tirof etildi. https://t.me/antikor_uzb/3518

Maʼlumot o‘rnida: Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Transport nazorati inspeksiyasining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi yuqori baholangandi. https://t.me/Uztransnazorat/5258

Yakuniy natijalar bilan https://index.aca.uz/ rating orqali tanishish mumkin.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati