Munosiblar eʼtirof etildi

 

Xodimlarni har taraflama rag‘batlantirish, moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash masalasi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasining doimiy diqqat markazida. Shu bois faoliyatida ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etayotgan, odob-axloq qoidalari va mehnat intizomiga qatʼiy rioya qilib kelayotgan xodimlar munosib rag‘batlantirib boriladi.

Bugun inspeksiya majlislar zalida tizimda uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali xodimlar bilan birgalikda o‘zidan ijobiy taassurot qoldirayotgan yoshlarning ishdagi yutuqlari munosib eʼtirof etildi. Ularga inspeksiya boshlig‘ining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Ushbu ijobiy holat qolgan xodimlarni samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishda va yangi marralar sari ildamlashida o‘ziga xos rag‘batlantirishi vazifasini o‘tashi bilan ham yana-da ahamiyatli. Kasaba uyushma qo‘mitasining mazkur yo‘nalishdagi ishlari muntazam davom etadi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati