Iyun oyida 400 dan ziyod profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi
Inspeksiya markaziy apparati va filiallari inspektorlari tomonidan 2021 yil iyun oyida o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra inspektorlar tekshirishlar bilan birgalikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda vazirlik va idoralarning shaxobcha temir yo‘llarida 409 ta profilaktik tadbirlar tashkil etishadi.
Ushbu tadbirlar temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini taʼminlash va ehtimoliy xavf-xatar hamda nuqsonlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Profilaktik tadbirlarni samarali rejalashtirish maqsadida inspeksiya tomonidan poyezdlar harakati xavfsizligi buzilishi va xo‘jaliklar bo‘yicha nuqsonli ishlar aniq tahlil qilinadi. Ilgari amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar va tekshirishlar natijalari inobatga olingan holda ishlar rejalashtiriladi.
Joriy yilning 5 oyi davomida 2445 profilaktik tadbirlar va seminar yig‘ilishlari o‘tkazilgan. Toshkent filialida 485 ta, Farg‘ona filialida 358 ta, Buxoro filialida 464 ta, Orolbo‘yi filialida 394 ta, Qashqadaryo filialida 389 ta va markaziy apparat xodimlari tomonidan 355 ta profilaktik ishlar amalga oshirilgan va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda 1372 taga yoki 78% ga oshgan.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati