“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida xodimlarning ijro intizomiga rioya qilishlari, tekshirishlarni amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida o‘tkazishlari muntazam monitoring qilib boriladi. Inspeksiya boshlig‘ining tegishli buyrug‘i asosida markaziy apparat xodimlaridan iborat ishchi guruhi filiallarda inspektorlarining ish faoliyati, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rganib chiqdi. Mazkur o‘rganishlar yakuni bo‘yicha inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari A.Abduraxmanov raisligida videokonferensaloqa orqali tanqidiy muhokama qilindi.
Har bir filialda o‘rganish natijalari alohida tahlil qilindi va filial boshliqlarning hisobotlari tinglandi. O‘z navbatidan ishchi guruh aʼzolari ham o‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bildirgan holda umumiy ish tashkil etishdagi holatni ijobiy baholashdi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning zudlik bilan bartaraf etilgani taʼkidlandi. Shuningdek, ish samaradorligini yaxshilash yuzasidan takliflar va mulohazalar bildirilib, ichki hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilab olindi.
Ijro intizomini yana-da mustahkamlash va har bir murojaatga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni talablari asosida rasmiylashtirib, belgilangan muddatda ko‘rib chiqib, javob berish lozimligini qatʼiy taʼkidlandi. Shuningdek, barcha filiallarda sayyor va shaxsiy qabullar tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektlari vakillarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati