Inspeksiyaning Farg‘ona filialida nazorat tadbirlari bilan birgalikda ehtimoliy xavfni oldini olish, temir yo‘l sohasi xodimlarini bilim va malakalarini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Navbatdagi tadbir filial boshlig‘i M.Yusupov tomonidan Qo‘qon vagon deposiga qarashli vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limida o‘tkazildi. Unda korxonada xizmat olib borayotgan 10 nafardan ziyod ishchi-xizmatchilar ishtirok  etishdi.

Dastlab sohaga doir normativ va texnik hujjatlar mazmun-mohiyati, ulardagi talablar, o‘zgartishlar va amaliyotda qo‘llash borasida tushuntirish berildi. Hujjat talablari asosida ishni tashkil etish orqali turli ko‘ngilsizliklar oldi olinishi va bu orqali harakat xavfsizligi taʼminlanishi tushuntirildi. Shuningdek, turli nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar seminar davomida bilim va malakalarini mustahkamlash barobarida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Filial xodimlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxonalarda hamda vazirlik va idoralarning shaxobcha temir yo‘llarida profilaktik tadbirlarni davom ettirishmoqda.   

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati