Iyun oyi uchun tekshirishlar rejasi tasdiqlandi
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining 2021 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490 farmoniga asosan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlar rejasi tasdiqlandi.
Rejaga muvofiq inspeksiya markaziy apparati va 5 ta filial inspektorlari 21 ta tashkilot tasarrufidagi temir yo‘llarda yuk tashishni tashkillashtirish, texnik vositalardan foydalanish, taʼmirlash va ularni ishchi holatda saqlash holatini tekshirishadi. Nazorat tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi 337-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlar natijasi bo‘yicha axborot beriladi.
“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati