“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida murojaatlar bilan ishlash borasida 2019 - yil yanvar-sentyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan AXBOROT

     “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga 2019 - yilning yanvar-sentyabr oylari davomida jami 26 ta murojaat kelib tushgan. Barcha murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida o‘rganib chiqilib, o‘z muddatida qanoatlantirilgan yoki idoraviy mansubligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan. Aksariyat murojaatchilarga batafsil tushuntirish berilgan.

       Jumladan, 2019 - yil 25 - iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona shaxrida istiqomat qiluvchi M.Matkarimovdan Farg‘ona shaxar “Besh bola” MFYdan o‘tuvchi poyezd yo‘lida piyodalar o‘tuvchi joyi talab darajasida emasligi yuzasidan inspeksiyaga murojaat kelib tushgan. Mazkur masalani vakolati doirasida ko‘rib chiqish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga yuborilgan. Shuningdek, inspeksiyaning Qo‘qon filiali xodimlari murojaat tushgan joyga chiqib, masalani o‘rganib, kamchilik bartaraf etilishini o‘z nazoratiga olishgan.

       2019 - yil 23 - avgust sanasida R.Tursunov ishga joylashish bo‘yicha murojaat qilgan. Ma’lumoti, ish staji va tajribasi vakant bo‘lgan inspektorlik lavozimiga mos kelganligi bois, murojaati qanoatlantirilgan va ishga qabul qilingan. Xuddi shu kuni Urgnach shaxridan “Baza servis komplekt” MChJ vakili X.Xusinovdan 2,5 km temir yo‘li eskirib, xizmat ko‘rsatishga yaroqsiz holatdaligi, ushbu vaziyatda qanday yo‘l tutish lozimligi yuzasidan yo‘l yo‘riq so‘rab murojaat qilingan. Tadbirkorga o‘z vaqtida, batafsil ma’lumot berilgan.

       Inspeksiya boshlig‘ining bevosita qabulida bo‘lgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari murojaati vakolat doirasida qanoatlantirilgan yoki tushuntirish berilgan.

       Yil davomida shaxobcha temir yo‘liga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari uchun joylarda ochiq muloqot, sayyor qabullar tashkil etilgan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatidagi tadbirlarda aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita uchrashuvlarda ularning aksariyat murojaatlari joyida hal etilgan.
Hisobot davrida murojaatlarni ko‘rib chiqishda kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi va mas’ul xodimlarga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilgani yo‘q.

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati