Xorazm viloyatida kemachilik sohasida faoliyat olib boruvchilar holati

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo‘limi Kemachilik registri bosh inspektori Urganch Transport prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni ta'minlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan Xorazm viloyatida kemachilik sohasida faoliyat olib boruvchi korxona va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati o'rganildi.

Kema ekipaji a'zolariga yaratilgan sharoitlar, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha tashkilot mas'ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati