Vakant lavozimiga  eʼlon qilingan navbatdagi tanlovning suhbat jarayoni

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi vakant lavozimiga  eʼlon qilingan navbatdagi tanlovning suhbat jarayoni davom etmoqda.

Tanlovning dastlabki bosqichlardan muvaffaqiyatli otgan 7 nafar nomzod oz ishtiroklarini davom ettirishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovning mazkur bosqichida nomzodlarni komissiya aʼzolari bir nechta yo‘nalishda bilim saviyalarini sinovdan o‘tkazishadi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati