Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov va inspeksiyadagi yosh xodimlar ishtirokida  uchrashuv o‘tkazildi.

Inspeksiya boshligi har bir mehnat jamoasida yoshlar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish, munosib haq to‘lash, rag‘batlantirish, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish borasida so‘z yuritdi.

Tadbirda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib otildi.

Uchrashuvda yosh xodimlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni hayotga tadbiq etish borasida masullarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

 

Axborot xizmati.