Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i talaba yoshlar bilan uchrashdi

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i talaba yoshlar bilan uchrashdi.

Yoshlar – bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi.

Bitiruvchi talaba yoshlarni kasbga yo‘naltirish ularni ishga joylashishiga ko‘maklashish, qolaversa, transport sohasida olib borilayotgan islohotlar mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov Toshkent davlat transport universiteti talaba yoshlari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda talabalar inspeksiya faoliyati yuzasidan batafsil maʼlumotga ega bo‘lishdi.

 

 

Axborot xizmati