"Temir yoʻl xavfli hudud" mavzusida profilaktik tadbir
Transport nazorati inspeksiyasi temir yo‘l transportida nazorat Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquvchilar oʻrtasida "Temir yoʻl xavfli hudud" mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda temir yo‘llarda poezdlar bilan insonlar to‘qnashuvlari, ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolalarni vagonlar ustiga chiqib yuqori kuchlanishga tushib qolish holatlari ortib borayotgani va buning fojiali oqibatlari haqida tushuntirish berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati