Temir yo‘l transportida nazorat Buxoro hududiy bo‘limida seminar
Temir yo‘l transportida nazorat Buxoro hududiy bo‘lim xodimlari temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo‘l infratuzilmasi ob’ektlari va harakat tarkibini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali ularni hisobga olish, yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Bulung‘ur statsiyasi hududidagi shaxobcha yo‘l vakillari va temiryo‘lchilar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 668-sonli qarori va sohaga doir boshqa qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati