Temir yo`l kesishmalaridan o`tayotganda nimalarga rioya qilish kerak?
“Harakat xavfsizligi kuni” doirasida “Qarshi" lokomomativ deposida Transport nazorati inspeksiyasi Temir yoʻl transportida nazorat Qashqadaryo hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan “Temir yoʻl infratuzilma” AJ “Qarshi" MTU filiali rahbari M.Mirzayev hamda temiryoʻlchilar ishtirokida muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash, temir yoʻl kesishmalarida kuzatilgan toʻqnashivlarni oldini olishda nimalarga etibor qaratish lozimligi yuzasidan tushintirish berildi.
Bundan tashqari Transport nazorati inspeksiyasining Temir yoʻl transporti va metrorolitenda nazorat boshqarmasiga temir yoʻllarda kuzatiladigan kamchiliklarni yetkazish uchun maxsus bot yaratilganligi, mashinist va mashinist yordamchilariga (https://t.me/Mashinistlar kamchiligi bot (https://t.me/Mashinistlar_kamchiligi_bot)) ushbu bot orqali yuborilgan murojaat va takliflar mualifi shaxsi sir qolishi kafolatlanishi haqida ma`lumot berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati