Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Transport nazorati inspeksiyasi va noma’lum shaxs o‘rtasidagi muloqot davomida xodimga pul taklif qilingani va inspektorning nojo‘ya harakati kuzatilgan holat inspeksiya rahbariyati va mas’ullar tomonidan nazoratga olindi. Hozirda mazkur holat ishtirokchilari shaxsi aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Tekshirish yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati