Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

“Qarshi" MTU filialida o'tkazilgan seminarda korxona, boʻlimlar boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirok etishdi.

Yangi tahrirda qabul qilingan "Temir yo'l transporti to'g'risida"gi qonun va sohaga oid qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, temir yoʻllarda harakat xavfsizligini taʻminlash holati tahlili qilindi hamda temir yoʻl infratuzilmasi obyektlari va harakat tarkibini roʻyxatdan oʻtkazish orqali ularni hisobga olish tartibi bo'yicha ma'lumotlar berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati