Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limida seminar
Transport nazorat inspeksiyasi temir yo‘l transportida nazorat Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan Xayrabad stansiyasiga tutash shoxobcha temir yo‘llariga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida o`quv seminari o`tkazildi.
Mazkur tadbirda temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash holati tahlil qilinib, temir yo‘l infratuzilmasi ob`yektlari va harakat tarkiblarini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali ularni hisobga olish, yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati