Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i tomonidan o‘quv seminari oʻtkazildi

Transport nazorati inspeksiyasi temir yo‘l transportida nazorat Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i O.Kurbanazarov tomonidan Qashqadaryo temir yo‘l ta’mirlash korxonasi (PCh-14)ning Koson stansiyasi ishchi xodimlari bilan o‘quv seminari oʻtkazildi.

Tadbir davomida temir yo‘lning barcha elementlari mustahkamligi, barqarorligi va holati bo‘yicha hamda ushbu uchastkada poyezdlarning belgilangan tezlikda xavfsiz va tekis harakatlanishini ta’minlash yuzasidan tushuntirish berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati