Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘lim inspektori ishtirokida seminar tashkil etildi.

Qarshi lokomotiv deposida harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo‘l transportida nazorat Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘lim inspektori U.Taniqulov ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda harakat xavfsizligiga bevosita javobgar bo'lgan mutaxassis xodimlar va lokomotiv brigadalari qatnashishdi.

Tadbirda ishchi xodimlar harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga qat`iy amal qilishlari, yo'riqnomlarga asoslanib ish yuritishlari lozimligi tushuntirildi.

 

 

Axborot xizmati.