“Mustaqillikning 30 yilligi” esdalik nishonlari
Transport vazirligi huzuridagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi bir guruh xodimlari “Mustaqillikning 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlandilar.
Mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, erishilayotgan natijalarda turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning munosib hissasi borligini taʼkidlash joiz. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”ga farmoniga binoan ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz taqdirlanishdi. Ular orasida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari ham borligi quvonarli holat.
Tantanali tadbir Transport universtitetida tashkil etildi. Eʼtirof etilganlarga Transport vaziri Ilhom Mahkamov esdalik nishonlarini topshirdi.
Esdalik nishon bilan taqdirlangan inspeksiya xodimlari:
Axmedov Doniyor Baxtiyorovich – inspeksiya boshlig‘i
Abduraxmanov Aʼzam Abdulxayevich – inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari
Xasanov Nemat Xomidovich – bosh iqtisodchi
Kenjayeva Feruzaxon Mashrabovna - kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis
Madaminova Dilfuza Imindjanovna - bosh mutaxassis
Yuldashev Farxad Asadovich - bosh mutaxassis
Ismoilov Komil Safarovich - bo‘lim boshlig‘i
Xalmuxamedov Izzatulla Patxillayevich - bo‘lim boshlig‘i
Nurxojayev Dilmurad Nabiyevich - bo‘lim boshlig‘i
Nabiyev Sherzod Alisherovich - bo‘lim boshlig‘i
Narhodjayev Alisher Meliyevich – bosh inspektor
Sulaymonov Ulug‘bek Tuxtabekovich – bosh inspektor
Valiyev Nodir Taxirovich – filial boshlig‘i
Eshonqulov Sunnat Farxodovich – bosh inspektor
Ruzimov Elmurod Xujamuratovich – bosh inspektor
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati