Kemalar va kichik hajmli kemalar holati o‘rganilmoqda
Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Amudaryo tumani Qipchoq Shahar fuqarolar yi`g`inida kema va kichik hajmli kemalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Kema egalariga kemalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Daryo transportida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga muvofiq davlat ro‘yxatiga qo‘yishi va tegishli tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazgan holda foydalanishi zarurligi to‘g‘risida tushuntirish berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati