Katerlarga chiqishda xavfsizlikka rioya qiling

Transport nazorati inspeksiyasi Surxondaryo viloyati Avtomobil va suv tranportida nazorat hududiy bo'limi kemachilik registri inspektori tomonidan Hisorak suv omborida faoliyat olib borayotgan Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamentiga qarashli yo'lovchi katerlarning faoliyati, texnik holati hamda registr hujjatlari tekshirildi. Inspektorlar tomonidan yo'lovchilarga katerga chiqish vaqtida xavfsizlikka rioya qilishi to'g'risida tushuntirishlar berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati