Inspeksiya rahbari va Buxoro viloyati bo’limi boshlig’i Buxoro MTU filialiga tashrifi
Bugun O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi rahbari J.A.Karimov va Buxoro viloyati temir yo’l transportida nazorat hududiy bo’limi boshlig’i S.Sh.Bazarovlar Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli filialiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida J.A.Karimov uzelning faoliyati hamda uzel tasarrufidagi texnik o'quv mashg'ulot markazi bilan yaqindan tanishdi va ushbu markazning faoliyatini kengaytirish, ishchi-xodimlarga o'tilayotgan mashg'ulotlarning sifat darajasini yanada oshirish va kelgusida o'quv markazida temir yo'l transporti xizmatidan foydalanayotgan tadbirkorlarni ham jalb qilish bo'yicha kerakli ko'rsatmalar berib o'tdi hamda texnik o'quv mashg'ulot markazi hududiga manzarali daraxt ko'chati ekildi.
Axrobot xizmati.