Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Transport nazorat inspektsiyasining Toshkent shahar temir yo‘l transporti nazorati hududiy bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda so‘z yuritildi.
Yig‘ilishda dastlab, “Toshkent MTU”UK rahbariyati hamda bo‘lim boshliqlariga Transport nazorat inspektsiyasining Toshkent shahar temir yo‘l transporti nazorati hududiy bo‘limining yo‘l, vagon hamda lokomotiv xo‘jaliklariga tayinlangan bosh inspektorlari tanishtirib o‘tildi.
Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrda qabul qilingan 668-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-6694131) bilan tasdiqlangan,
- Transport nazorati inspektsiyasi to‘g‘risidagi Nizom;
- Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tanishtirildi.
Axborot xizmati