Buxoro viloyati hududiy bo`limi ishtirokida seminar tashkil etildi
Temir yo`l transportida nazorat Buxoro viloyati hududiy bo`limi “Buxoro mintaqaviy temir yo’l uzeli” filialiga qarashli Kattaqo`rg`on temir yo`l stansiyasi rahbariyati va temir yo`l xo`jaliklari ishchi xodimlari hamda shoxobcha temir yo`llariga ega bo`lgan tadbirkor subyektlari vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda temir yo`l va transport sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi, hududda harakat xavfsizligi bilan bog`liq holatlar tahlil qilindi, tegishli tavsiyalar berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati