Namangan viloyatida nazorat tadbirlari olib borilmoqda
Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Namangan viloyati hududiy bo‘limi va YHXB xodimlari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Reydlar davomida tegishli hujjatlarsiz harakatlanayotgan, yo‘lovchi tashish uchun litsenziya varaqalari bo‘lmagan va muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud haydovchilar aniqlanib, qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, yo‘lovchi tashuvchi haydovchilarga yo‘l kira narxini asossiz oshirmaslik yuzasidan tushuntirish-profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati