Faxriy transportchilar va urush qatnashchilari doimiy e’tibor va e’zozda
Mamlakatimizda keksalarni hurmat qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Faxriylar kengashi hamda yoshlar vakillari bilan hamkorlikda baynalmilal jangchi Masxut Xaydarov xonadonida bo‘lib, faxriy harbiy holidan xabar olishdi. Nuroniy otaxonni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Masxut Xaydarov mamlakatimiz transport tizimida ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan, zahmatli mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Samimiy muloqot davomida nuroniylar qo‘lini duoga ochib, avvalo yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lib, farovonlik, go‘zal hayotga, mehr-oqibatli, saxovatli xalqimizga ko‘z tegmasligini tiladilar.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati