8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni

Bugun Transport nazorati inspeksiyasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizga har yili bahor faslining ilk darakchisi kabi kirib keladigan bu bayramni go‘zallik va nafosat ayyomi sifatida xursandchilik bilan nishonlaymiz. Uning aynan bahor faslida nishonlanishi ham bejiz emas, nazarimizda. O‘zining go‘zalligi, mehri, saxovatiyu tarvati bilan ayol zoti bahorga, mana shu betakror faslga juda-juda o‘xshab ketadi.

Ayol xodimlarimizni samimiy qutlagan inspeksiya boshlig‘i Jamshid Karimov ham ularni e’zozlab, jamiyatimizda tutgan roli va o‘rnini alohida e’tirof etdi hamda esdalik sovg‘alarni topshirdi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati