Maktab o`quvchilari uchun profilaktik o‘quv seminar
Transport nazorat inspeksiyasi Farg‘ona viloyati temir yo‘l transportida nazorat hududiy bo‘limi boshlig‘i B.Xojiboyev tomonidan Farg‘ona viloyati Furqat tumanida joylashgan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Temir yo‘l - xavfli hudud” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Tadbirda joriy yilninig 9 oyi davomida temir yo‘l hududida va temir yo‘l kesishmalarida sodir etilgan baxtsiz hodisalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Kesishmalarda sodir bo`lgan holatlar tahlil qilindi. Shoshma-shosharlik ortidan yuzaga kelgan fojealarga yo`l qo`ymaslik uchun qoidalarga qat`iy amal qilish lozimligi tushuntirildi.
Farg‘ona viloyati
temir yo‘l transportida nazorat
hududiy bo‘limi