Rasmiy munosabat
Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo`limi inspektoralari tomonidan joriy yilning 22-noyabr kuni, Andijon shahridagi “Safina Trans” MCHJ ga tegishli bo’lgan SHYT-106 sonli 28-maktab-Pisatamozor yo`nalishida reyd tadbirlari olib borildi. Qo`shma reyd tadbirlari davomida yo‘nalishlarida litsenziyasiz harakatlanayotgan 11 nafar Damas rusumli transport vositalri haydovchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 1763-moddasida nazarda tutilgan "Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz" shug‘ullanganligi yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Mazkur yo’nalishda hamda Andijon viloyatining barcha Shahar va tumanlarida muntazam ravishda reyd tadbirlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.