Avtomobil transportida nazorat yo‘nalishida aniqlangan huquqbuzarliklar tahlili

2024-yil davomida Avtomobil va suv transportida nazorat yo‘nalishida hududiy bo‘lim inspektorlari hamda YHX boshqarmalari bilan hamkorlikda Respublika bo‘yicha jami 13 567 marotaba reyd-tadbirlari o‘tkazilgan.

Ushbu reyd tadbirlari davomida avtomobil tashuvlari sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan 116106 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning:
- 125-2-moddasi bo‘yicha 809 ta;
- 145-moddaning 2-bandi bo‘yicha 890 ta;
- 165-moddaning 3-4-bandlari bo‘yicha 5658 ta;
- 176-3-modda bo‘yicha 97997 ta;
- 176-4-modda bo‘yicha 10021 ta;
- 198-modda bo‘yicha 333 ta
ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rilishi uchun joylardagi jinoiy sudlarga yuborildi.

2023-yil bilan solishtirganda kabotaj tashuvlari (Xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish) bo‘yicha qoidabuzarlarga nisbatan aniqlangan holatlar 77% ga ortgan bo‘lsa, avtotransportda litsenziyasiz yo‘lovchi tashish 3 % ga kamaygan.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanganligi aniqlangan huquqbuzarlarga nisbatan rasmiylashtirilgan 108018 ta bayonnomalarga asosan 42141 nafar haydovchilar o‘z vaqtida litsenziya varaqasini rasmiylashtirib, faoliyatini qonuniylashtirilishiga erishildi.

Yuqoridagi infografikada jami va hududlar kesimida litsenziyalangan yengil avtomobillar (4 o‘rindiqli va “Damas”) soni hamda nazorat tadbirlari bilan tanishib olishingiz mumkin.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati