Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti

Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga aloqa kanallari orqali

korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish

REGLAMENTI

 

1-bob. Umumiy koidalar

  1. Mazkur Reglament Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya)da korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tegishli ta’sir choralarini ko‘rishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
  2. Mazkur Reglament Inspeksiyadagi aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar haqida kelib tushgan xabarlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari, shuningdek, xabarlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish, shuningdek, Inspeksiya rahbariga hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.
  3. Mazkur Reglament maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

ishonch telefoni – Inspeksiyaga telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni markazlashgan holda qabul qilish, tasniflash
va tizimlashtirish, shuningdek, o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini monitoring qilish imkonini beruvchi tizim;

murojaatchi – aloqa kanallari orqali Inspeksiyadagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida axborot berish uchun murojaat qilgan har qanday jismoniy va (yoki) yuridik shaxs, xodim;

manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor bo‘lishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi – amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, Inspeksiya xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;

korrupsiyaviy xavf-xatar – xodimlar yoki uchinchi shaxslar tomonidan Inspeksiya nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy harakatlarni sodir etish xavfi;

taaluqli xabar – Inspeksiyadagi korrupsiyaviy harakatlar va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi axborotdan iborat bo‘lgan xabar;

xodim – Inspeksiya bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida o‘zi yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy boyliklar, boshqa mol-mulk va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijoriy yoki notijoriy manfaatlari).

  1. Inspeksiya korrupsiyaviy harakatlar haqida axborot berishga mo‘ljallangan aloqa kanallarining ishini quyidagi tamoyillar asosida tashkil etadi:

konfedensiallik va xavfsizlik – aloqa kanallaridagi xabarlardan foydalanishga ruxsat berilgan Inspeksiyaning barcha vakolatli shaxslari ushbu xabarlarni vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarga berish (oshkor qilish) ga haqqi yo‘q. Agar murojaatchi o‘z xabarini yuborganligi xaqida boshqa xodimlarga yoki uchinchi shaxslarga o‘z xohishiga ko‘ra, jumladan, ehtiyotsizligi natijasida oshkor qilgan bo‘lsa, Inspeksiya uning oshkor bo‘lishiga javobgar bo‘lmaydi;

qonuniylik – Inspeksiya aloqa kanallariga kelib tushadigan xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, qayta ishlash va ko‘rib chiqish qat’iy ravishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va ushbu Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi;

murojaatchining ta’qib qilinmasligi – aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy harakatlar haqida o‘z xohishiga ko‘ra xabar bergan jismoniy va yuridik shaxs, xususan Inspeksiya xodimi xabarning mazmunidan qat’i nazar biron-bir javobgarlikka tortilmaydi;

murojaatchi bilan majburiy tartibdagi qayta aloqa – agar xabar anonim bo‘lmasa, uni ko‘rib chiqish natijalari Inspeksiya tomonidan murojaatchiga yetkazilishi lozim;

ta’sir choralarini qo‘llashning majburiyligi – korrupsiya fakti tasdiqlangan taqdirda, Inspeksiya aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladi.

2-bob. Korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot
berish uchun aloqa kanallari

  1. Taaluqli xabar quyidagi aloqa kanallaridan yuborilishi mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (https://pm.gov.uz/) orqali;

Inspeksiyaning rasmiy veb-sayti yoki elektron pochtasi orqali;

Inspeksiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari  (misol uchun Telegramdagi rasmiy sahifasi (https://t.me/Uztransnazorat) orqali;

Inspeksiyaning telefon raqamlari orqali (ishonch va boshqa ish telefon raqamlari orqali – 71-202-05-01 (442));

Veb sayt: www.uztn.uz;

E-mail: devon@uztn.uz;

E-xat: uztn@exat.uz;

Inspeksiyaning telegram boti;

Inspeksiyaga og‘zaki (shaxsan) murojaat qilish;

huquqni mahofaza qiluvchi organlar orqali;

mazkur Reglamentda ko‘rsatilmagan boshqa aloqa kanallari.

  1. Inspeksiya aloqa kanallari to‘g‘risidagi axborotni rasmiy veb-sayt, va ijtimoiy tarmoqdagi sahifa va kanallariga joylashtiradi, shuningdek, xodimlarga davriy ravishda yuboriladigan elektron xatlar tarqatmalariga va o‘quv materiallariga kiritadi, Inspeksiya binosida joylashtiriladigan tematik plakatlar va hokazolarda aks ettiradi.

3-bob. Aloqa kanallari orqali kelib tushayotgan
taaluqli xabarlarni qabul qilish

  1. Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul (keyingi o‘rinlarda – Ichki nazorat uchun mas’ul) Inspeksiyaning aloqa kanallaridan kelib tushgan taaluqli xabarlarni ko‘rib chiqishga mas’ul hisoblanadi.
  2. Inspeksiyaning quyidagi aloqa kanallaridan kelib tushgan taaluqli xabarlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi Inspeksiyalarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom va Inspeksiyaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarida nazarda tutilgan tartibda ro‘yxatga olinadi va rezolyusiya uchun Inspeksiya rahbariga chiqariladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;

Inspeksiyaning rasmiy veb-sayti yoki elektron pochtasi orqali;

Inspeksiyaning telefon raqamlari orqali (ishonch va boshqa ish telefon raqamlari orqali);

Inspeksiyaga og‘zaki (shaxsan) murojaat qilish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali.

  1. Inspeksiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal
    va sahifalari va telegram boti orqali kelib tushadigan xabarlarni qabul qilish uchun Ichki nazorat uchun mas’ul xodimi tayinlanadi.

Bunda, taaluqli xabar kelib tushganda Ichki nazorat uchun mas’ul xodim murojaatchi bilan elektron yozishma yo‘li bilan yoki telefon orqali bog‘lanib zarur axborotni aniqlashtiradi, xabarni Reestrda ro‘yxatga oladi va ma’lumotni Inspeksiya raxbariga kiritadi.

Ichki nazorat uchun mas’ul xodim kelib tushadigan xabarlarni dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 ga qadar tahlil qiladi. Agar xabar ish vaqtidan tashqari paytda kelib tushsa, bu xabar navbatdagi ish kunida aniqlashtirish uchun saqlanadi.

  1. Agar murojaatchi o‘z xabarini tasdiqlash uchun qo‘shimcha materiallarga, masalan, fotomateriallar, hujjatlar, audio va videoyozuvlarga ega bo‘lsa, murojaatni qabul qilishga mas’ul xodim ularni taqdim etish bo‘yicha foydalaniladigan aloqa kanallarini (telegram boti yoki elektron pochtasi)ni ko‘rsatadi va taqdim etiladigan ma’lumotni konfedensialligini bildiradi. Mazkur ma’lumotlar taaluqli xabarga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
  2. Inspeksiya rahbari taaluqli xabarni tezkorlik bilan tahlil qilish
    va ko‘rib chiqish uchun Inspeksiyaning Ichki nazorat uchun mas’ul xodimga topshiriq tushiradi.
  3. Inspeksiyaning Ichki nazorat uchun mas’ul xodim taaluqli xabarni olgandan keyin 1 (bir) soat ichida uni ilovaga muvofiq shaklda Inspeksiyada korrupsiyaga oid harakatlar haqidagi xabarlarni qabul qilish reestrida (keyingi o‘rinlarda – Reestr) ro‘yxatga olishi va ushbu Reglamentning 4-bobiga muvofiq ko‘rib chiqishi lozim.
  4. Inspeksiya murojaatchilarga xodim tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy xarakatlar to‘g‘risida anonim xabarlar qoldirish imkoniyatini beradi.

Anonim xabar kelib tushgan taqdirda Inspeksiyaning ma’sul xodimi, imkon mavjud bo‘lgan taqdirda, quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

Inspeksiyaga kelib tushgan xabarga javob berish uchun murojaatchi bilan bog‘lana olmasliklari mumkinligi haqida ma’lum qilishi;

qo‘shimcha zarur ma’lumot olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda xabarni to‘liq va har tomonlama o‘rgana olmasliklarini bildirishi;

murojaatchiga u bilan bog‘lanish uchun anonim aloqa kanali tashkil qilishni taklif qiladi (shaxs ko‘rsatilmagan elektron pochta manzili, Telegramdagi maxfiy chat va.b.);

Murojaatchi o‘z arizasidan voz kechmagan taqdirda, mazkur Reglamentda nazarda tutilgan tartibda xabarni qabul qilishi shart.

  1. Inspeksiya xodimlari tomonidan olingan xabarlarni ko‘rib chiqish jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etishning sabab
    va sharoitlari ham tahlil qilinadi va kelgusida ularning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi.
  2. Olingan xabarlar bo‘yicha barcha taaluqli materiallar, hujjatlar
    va ma’lumotlar (shu jumladan, qabul qilingan qarorlar va murojaatchilarga yuborilgan javoblar) Murojaatlar bilan ishlash tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddatga, shu bilan birga 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga saqlanishi kerak.
  3. Taaluqli xabar Inspeksiyaning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarga kelib tushgan taqdirda, uni qabul qilgan mas’ul xodimlar zudlik bilan yozma shaklda hududiy (tarkibiy) bo‘lim rahbari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ulni kelib tushgan xabar to‘g‘risida xabardor qiladi, ular o‘z navbatida ushbu xabarni Inspeksiyaning markaziy apparatidagi Ichki nazorat uchun mas’ulga yuboradi. Ichki nazorat tuzilmasi olingan xabarni 11-bobida bayon etilgan tartibga muvofiq ko‘rib chiqadi.
  4. Inspeksiyaning hududiy va tarkibiy bo‘limlari o‘zlarining Reestrini yuritadi.

4-bob. Korrupsiyaviy harakatlar haqidagi
xabarlarni ko‘rib chiqish

  1. Ichki nazorat uchun mas’ul xodimga kelib tushgan barcha taalluqli xabarlar mas’ul xodim yoki Inspeksiya rahbari topshirig‘iga asosan boshqa bo‘limlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  2. Korrupsiyaviy harakatlari to‘g‘risidagi xabarlarni ko‘rib chiqish jarayoniga, harakatlari ustidan taaluqli xabar kelib tushgan yoki ko‘rib chiqish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xodimlarni jalb qilish man etiladi.
  3. Taaluqli xabar kelib tushganda Ichki nazorat uchun mas’ul xodim dastlabki tekshirish o‘tkazib, uning taaluqliligini tahlil qiladi, ya’ni xabarda ko‘rsatilgan ma’lumotning Inspeksiya tizimiga taalluqli korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka va (yoki) manfaatlar to‘qnashuviga tegishliligini tekshiradi.

Dastlabki tekshirish taalluqli xabar Ichki nazorat uchun mas’ulga kelib tushgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida amalga oshiriladi.

  1. Mazkur Reglamentning 19-bandida nazarda tutilgan dastlabki tekshirish natijalaridan qat’i nazar, bu haqdagi axborot Reestrga kiritiladi.
  2. Agar Ichki nazorat bo‘yicha mas’ul xodimi xabar taalluqli emas degan xulosaga kelsa, bu xabar bir ish kuni ichida Inspeksiyaning tegishli tuzilmasiga bildirgi asosida o‘tkazilishi lozim.
  3. Agar xabarda korrupsiyaviy harakatlar va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi haqida ma’lumot hamda xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, Ichki nazorat uchun mas’ul xodim ichki idoraviy hujjatda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.
  4. Taalluqli xabarlarni mazmunan ko‘rib chiqish Inspeksiyaga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oy ichida, tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari, Inspeksiyaning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga (anonim murojaatlardan tashqari) xabar qilinadi.
  5. Murojaatga javob Ichki nazorat uchun mas’ul xodim tomonidan tayyorlanib, Inspeksiya rahbari imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
  6. Taalluqli xabarlarni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra o‘rganish natijalari va qo‘llanilgan ta’sir choralari ko‘rsatilgan javob xati tayyorlanadi va belgilangan tartibda murojaatchiga yuboriladi.
  7. Ijtimoiy tarmoqdagi kanal va sahifalar va telegram-bot orqali kelib tushgan taalluqli xabarga javob murojaatchiga elektron shaklda ijtimoiy tarmoqdagi kanal va sahifalar yoki telegram-bot orqali yuboriladi.

5-bob. Hisobdorlik

  1. Reestrdan Ichki nazorat uchun mas’ul xodimi, xabarlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan tegishli boshqa davlat organlari va Inspeksiyalarining xodimlari (faqat shunday xabarlarga doir), Inspeksiya rahbari foydalanishi mumkin.
  2. Reestr ma’lumotlari asosida Ichki nazorat uchun mas’ul har chorakda Inspeksiya rahbariga qabul qilingan korrupsiyaviy harakatlar to‘g‘risidagi xabarlarga taalluqli bo‘lgan hisobotni taqdim etadi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

kelib tushgan taalluqli xabarlar va ko‘rib chiqilgan taalluqli xabarlar soni;

korrupsiyaviy xarakatlar, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari tasdiqlangan taalluqli xabarlar soni;

ko‘rib chiqish muddatlari buzilgan taalluqli xabarlar soni;

taalluqli xabarlarni ko‘rib chiqishning o‘rtacha muddati;

murojaatchilar tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan aloqa kanallari va boshqa statistik ma’lumotlar.

6-bob. Yakuniy qoida

  1. Mazkur Reglament talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
  2. Mazkur Reglament, murojaatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

 

 

Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga

aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar

to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib

chiqish reglamentiga ilova

 

Inspeksiyada korrupsiyaga oid harakatlar haqidagi xabarlarni qabul qilish

REESTRI

 

T/r

Xabar kelib tushgan sana

 

Hudud

 

Xabarning toifasi (korrupsiyaviy xatti-harakat, manfaatlar to‘qnashuvi)

Murojaatlar bilan ishlash tizimida ro‘yxatga olingan sana va raqami

Xabar yuboril-gan aloqa kanali

Murojaatchi ma’lumotlari (jismoniy yoki yuridik shaxs, qayta aloqa ma’lumotlari)

Xabarning qisqacha mazmuni

Xabar taaluqli bo‘lgan tuzilma

Ko‘rib chiqish natijalari

qanoatlantirildi/ tushuntirish berildi/ ko‘rmasdan qoldirildi

Murojaatchiga javob yuborilgan sana va xat raqami

Ijrochi

 

Xabarni ko‘rib chiqqan tuzilma rahbari

Izoh

1.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

...

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

15.03.2022  Chop etish