Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo'riqnoma

Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga ishga qabul qilinayotgan

nomzodlarni tekshirish bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Yo‘riqnoma (keyingi o‘rinlarda – Yo‘riqnoma) Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlariga (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya) ishga qabul qilishda nomzodlar tekshiruvini o‘tkazishning tamoyillari, talablari, tartibi va muddatlarini belgilovchi ichki hujjat hisoblanadi.
  2. Ushbu Yo‘riqnomaning maqsadlari quyidagilardir:

nomzod tomonidan taqdim etilgan o‘zi, uning professional faoliyati, boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan qarindoshlik va tijorat aloqalari haqidagi ma’lumotlarni tekshirish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Inspeksiyaning ichki hujjatlari talablariga muvofiq halol, sifatli, puxta, xolis amalga oshirishga qodir jismoniy shaxslar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishga erishilishini ta’minlash;

Inspeksiyada lavozim majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lmagan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shuningdek ularni ishga olish korrupsiyaga oid yoki boshqa xatarlarga olib keluvchi nomzodlar bilan mehnat munosabatlariga kirishish xatarini minimallashtirish;

rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarga bilimli, halol, vijdonli, qonunga itoatkor xodimlarni tanlab olish.

  1. 3. Ushbu yo‘riqnoma ishga qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan alohida tartib belgilangan lavozimlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

2-bob. Asosiy tushunchalar

  1. Ushbu Yo‘riqnoma maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor bo‘lishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;

manfaatlar to‘qnashuvi – Inspeksiya xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

nomzod – Inspeksiyaning bo‘sh ish o‘rni talablariga javob beruvchi, vakant ish joyiga tanlab olingan jismoniy shaxs.

noqonuniy foyda – va’da qilinadigan, taklif etiladigan, taqdim etiladigan yoki qonuniy asossiz olinadigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk, yoki mulkiy huquqlar, afzalliklar, imtiyozlar, xizmatlar, nomoddiy aktivlar, boshqa har qanday moddiy yoki nomoddiy foyda;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari);

yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari.

3-bob. Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirishga qo‘yilgan umumiy talablar va ularning muddatlari

  1. Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi nomzodlarni tekshirish uchun mas’ul hisoblanadi va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul mazkur yo‘nalishni nazorat qilishga haqli.
  2. Tekshiruv barcha doimiy va muddatli lavozimlarga nomzodlar, shuningdek fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan nomzodlarga nisbatan amalga oshiriladi.
  3. Agar xodimlarni tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda - DXRA) tomonidan amalga oshirilsa, nomzodlarni tekshirish nomzod qabul komissiyasi bayonnomasi bilan tasdiqlangandan so‘ng, biroq mehnat shartnomasi tuzilmasidan oldin amalga oshiriladi.
  4. Agar nomzodlarni tanlab olish DXRA ishtirokisiz amalga oshirilsa, u holda ishga qabul qilinayotgan nomzod mehnat shartnomasi tuzilmasdan avval tekshiriladi.
  5. Nomzodni tekshirish 5 (besh) ish kunigacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.
  6. Nomzodni belgilangan muddatlarda tekshirish xolis sabablarga ko‘ra imkonsiz bo‘lsa, uning davomiyligi 5 (besh) ish kunigacha bo‘lgan muddatga cho‘zilishi mumkin.

 

 

 

4-bob. Tekshirish uchun hujjatlar va ma’lumotlarni olish

  1. 11. Nomzodni tekshirishni amalga oshiradigan Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda – Ijrochi) tekshiruvni o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 124-moddasiga muvofiq ishga qabul qilinayotganda talab etiladigan hujjatlar nusxalari;

nomzod tomonidan Inspeksiyadagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatga muvofiq shaklda to‘ldirilgan va imzolangan deklaratsiya nusxasi.

  1. 12. Ma’lumotnoma olinayotganda to‘ldirilmagan bandlar mavjud bo‘lsa, Ijrochi nomzoddan yetmayotgan ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
  2. 13. Ijrochi nomzoddan taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha tushuntirish va qo‘shimchalarni so‘rab olishga haqli.
  3. 14. Nomzod so‘ralayotgan hujjatlar yoki ma’lumotlarni taqdim etishni rad etgan taqdirda nomzodni tekshirish ochiq foydalanuvdagi va Ijrochi tasarrufidagi ma’lumotlar asosida, shuningdek rasmiy so‘rov yuborish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda Ijrochi tekshiruv natijalariga oid xulosada tegishli qaydni amalga oshiradi.
  4. Nomzodning O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ko‘zda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi uning ishga joylashishini rad etish uchun sabab bo‘lmaydi.

 

5-bob. Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish
uchun axborot manbalari

  1. 16. Ishga joylashayotgan nomzodni tekshirish doirasida nomzoddan olingan ma’lumotlar, shuningdek ochiq manbalardan yoki rasmiy so‘rovlar yuborish orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlash amalga oshiriladi.
  2. 17. Ma’lumotlarni yig‘ish ishga joylashayotgan nomzod haqidagi umumiy va xolis fikrni shakllantirish, nomzoddan olingan, jumladan ma’lumotnomada qayd etilgan, nomzodning https://vacancy.argos.ru saytidagi shaxsiy profilidagi hujjatlar va ma’lumotlar ishonchliligini baholash, shuningdek o‘zi haqidagi ma’lumotlarni yashirish yoki soxtalashtirish alomatlari yo‘qligini tahlil qilish uchun barcha ochiq axborot manbalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
  3. 18. Ishga joylashayotgan nomzodni tekshirish uchun axborot manbalari qonuniylik va xolislik talablariga javob berishi lozim. Ijrochi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga, nomzodning avvalgi ish joylari, o‘quv muassasalari va h.k larga taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish uchun rasmiy so‘rov yuborish mumkin.
  4. 19. Ijrochi huquqni muhofaza qilish organlariga so‘rov yuborish orqali nomzodning sudlanganligi, firibgarlik, korrupsiya va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlarga aloqadorligini tekshirishi mumkin.
  5. 20. Nomzod haqidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun quyidagi ochiq axborot manbalaridan foydalanish mumkin:

Davlat xizmatlari agentligining yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar ma’lumotlarini tekshirish bo‘yicha platformasi - https://fo.birdarcha.uz/s/ru_landing

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri (KTYaDR) - https://stat.uz/ru/uslugi-1/svedeniya-iz-egrpo

Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali - https://my.soliq.uz/main/?lang=ru

O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlari portali - https://data.gov.uz/ru

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi - http:// kadastr.uz/ru/

Ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarning ma’lumotlar bazasi - https://mib.uz

Axborot qidiruv tizimlari (masalan, Google, Yandeks va h.k.) va h.k.

Ushbu ro‘yxat zarur bo‘lganda o‘zgartirilishi va kengaytirilishi mumkin bo‘lgan manbalarning taxminiy ro‘yxatini ifodalaydi.

 

6-bob. Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshiruvini o‘tkazish yo‘nalishlari

  1. 21. Nomzodlarni tekshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

nomzodda tugatilmagan sudlanganlik holati va (yoki) iqtisodiy, jumladan korrupsiyaviy xarakterdagi qonunbuzarliklar munosabati bilan uni ma’muriy, jinoiy yoki intizomiy javobgarlikka tortish faktlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘qligi;

sud organlari tomonidan qo‘yilgan rahbarlik lavozimlarini egallashga taqiq yo‘qligi – rahbarlik lavozimiga nomzod uchun;

nomzod yoki uning yaqin qarindoshlari to‘g‘risida ularning korrupsiyaviy, firibgarlik yoki boshqa qonunga xilof faoliyatiga doir ma’lumotlar yo‘qligi;

avvalgi ish joylaridan salbiy tavsiyanomalar yo‘qligi;

nomzodda manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari yo‘qligi;

nomzodga nisbatan boshqa xatar indikatorlari yo‘qligi (jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida namoyish etilgan hayot tarzi rasmiy ish haqiga mos kelmaydi va boshqalar).

  1. 22. Qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish majburiy. Bunda tekshiruv yo‘nalishlari ro‘yxati zaruratga qarab har bir aniq holatda kengaytirilishi mumkin.

7-bob. Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish natijalari

  1. 23. Nomzodni tekshiruvini o‘tkazish natijalari bo‘yicha Ijrochi tomonidan Nomzod tekshirilgani to‘g‘risidagi hisobot tuzilib (ushbu Yo‘riqnomani 1-ilova shakli bo‘yicha), mazkur hisobot Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limida saqlanadi. O‘tkazilgan tekshiruv va uning natijalariga oid ma’lumotlar Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish reestri (ushbu Yo‘riqnomaga 2-ilova)ga kiritiladi.
  2. 24. Inspeksiyaning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi Inspeksiyadagi Nomzodlarni tekshirish reestriga qiritiladigan ma’lumotlarni yig‘ish va ushbu Reestrni aktual holda saqlash uchun javobgar hisoblanadi.
  3. 25. Tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi hisobotning 3 bo‘limidagi 3.1, 3.2, 3.3 yoki 3.4 bandlari savollariga bitta va undan ko‘p xavf indikatorlari mavjud bo‘lgan taqdirda (“Ha” javoblari) ishga joylashayotgan nomzodni tekshirish natijalari bo‘yicha salbiy xulosa kiritiladi.

3.5 yoki 3.6 bandlaridagi savollardan biriga bittasiga bo‘lsa ham bir va undan ortiq xavf indikatorlari (“Ha” javoblari) mavjud bo‘lgan taqdirda, tekshiruv o‘tkazayotgan shaxs vaziyatni korrupsiyaviy xavf-xatarlar mavjudligi yoki mavjud emasligi bo‘yicha baholaydi.

  1. 26. Korrupsiyaviy xavf-xatarlar mavjud bo‘lgan taqdirda tekshiruv o‘tkazayotgan shaxs ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni taklif qiladi yoki bunday xatarlar darajasini pasaytirish imkoni bo‘lmagan taqdirda nomzodni tekshirish natijalari bo‘yicha salbiy xulosa beradi.
  2. 27. Salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni, shu jumladan hududiy va tarkibiy bo‘linmalarga ishga qabul qilish Inspeksiya rahbari qaroriga ko‘ra nomzod ishga olinayotgan bo‘linma rahbariyati tomonidan mazkur yo‘nalishni nazorat qiluvchi rahbar o‘rinbosari va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi rahbar bilan kelishilgan holda tuzilgan xizmat ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Xizmat ma’lumotnomasiga Tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi hisobot nusxasi ilova qilinadi.
  3. 28. Tekshiruv natijalari bo‘yicha korrupsiyaviy xatarlar aniqlangan
    va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etilgan nomzod ishga olingan taqdirda xodimning rahbari tavsiya etilgan chora-tadbirlarning
    o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini nazorat qilish uchun javobgar hisoblanadi.

8 bob. Tekshiruvni hujjatlashtirish va hujjatlarni saqlash muddatlari

  1. 29. Ishga joylashayotgan nomzodni tekshirish natijalari (jumladan, Tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi hisobot va boshqa hamroh hujjatlar) maxfiy hisoblanadi va ishga joylashayotgan nomzodni tanlab olish va tekshirish jarayonida ishtirok etmayotgan Inspeksiya xodimlari va boshqa uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.
  2. 30. Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish reestri (ushbu Yo‘riqnomaga
    1-ilova) dan faqatgina Ijrochilar foydalanishi
  3. 31. Lavozim majburiyatlarini amalga oshirish uchun bunday ma’lumotlardan foydalanishi zarur bo‘lgan boshqa xodimlar korrupsiyaga qarshi kurash faoliyatini nazorat qiluvchi rahbar o‘rinbosarining yozma roziligini olishi lozim.
  4. 32. Nomzod ishga joylashtirilgan taqdirda Tekshiruv o‘tkazilgani haqidagi hisobotning asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda xodimning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanishi shart.
  5. 33. Tekshiruv o‘tkazilgani to‘g‘risidagi hisobot nusxasi, shuningdek hisobotdagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar (masalan, skrinshotlar, ko‘chirma, vakolatli muassasalarga yuborilgan so‘rovlar va ularga olingan javoblar va h.k) Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis tomonidan kamida 10 (o‘n) yil davomida saqlanishi shart.
  6. 34. Inspeksiyaga ishga joylasha ololmagan nomzodlarni tekshirish natijalari uch yil davomida saqlanadi.
  7. 35. Agar nomzod Inspeksiyada ishlashga so‘nggi tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng 2 yil davomida da’vogar bo‘lsa, qayta tekshiruv talab etilmaydi (manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha tekshiruv bundan mustasno). Agar so‘nggi tekshiruv o‘tkazilganiga ikki yildan ortiq vaqt bo‘lgan bo‘lsa, nomzod qayta tekshirilishi lozim.

 

 

9-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi o‘zgargan taqdirda yoki nomzodlarni tekshirish jarayonini takomillashtirish zarurati tug‘ilganda qayta ko‘rib chiqilishi va o‘zgartirilishi lozim.
  2. Ushbu Yo‘riqnoma qoidalarini buzishda aybdor xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Inspeksiya ichki hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartib va asosda intizomiy va boshqa javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

 

 

 

Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy

bo‘limlariga ishga qabul qilinayotgan

nomzodlarni tekshirish bo‘yicha

yo‘riqnomaga 1-ilova

 

 

Nomzod tekshirilgani to‘g‘risidagi hisobot

 

 

1.

Asosiy ma’lumotlar

1.1

Nomzodning F.I.Sh.

 

1.2

Tug‘ilgan sanasi

 

1.3

Bo‘sh lavozim nomi

 

1.4

Bo‘linma

 

1.5

Bog‘lanish uchun telefon

 

1.6

El.pochta manzili

 

2.

Ish tajribasi

2.1

Avvalgi ish joylari (teskari xronologik tartibda), lavozimlari

 

2.2

Avvalgi ish joylaridan salbiy fikrlar mavjudligi

 

Ha

 

Yo‘q


Izoh (lar):

Manba (lar):

3.

Tekshiruv natijalari

3.1

Ushbu Yo‘riqnomaning 11-bandida ko‘zda tutilgan hujjatlarning to‘liq paketi olindimi? («Yo‘q» javobi faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 80-moddasiga muvofiq ishga qabul qilish vaqtida talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda berilishi mumkin)

 

Ha

 

Yo‘q


Yetishmayotgan hujjat(lar):

Ularning yo‘qligi sababi(lari):

 

3.2

Nomzoddan olingan, jumladan ma’lumotnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchlilik alomatlari va u tomonidan o‘zi haqidagi ayrim ma’lumotlarni yashirish yoki soxtalashtirish alomatlari yo‘qligi

 

Ha

 

Yo‘q


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

3.3

Nomzodda tugatilmagan sudlanish jarayoni va (yoki) iqtisodiy, jumladan korrupsiyaviy xarakterdagi qonunbuzarliklar munosabati bilan uni ma’muriy, jinoiy yoki intizomiy javobgarlikka tortish faktlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘qligi

 

Ha

 

Yo‘q

(agar javob ijobiy bo‘lsa, asosini ko‘rsating)


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

3.4

Sud organlari tomonidan qo‘yilgan rahbarlik lavozimlarini egallashga taqiq yo‘qligi (rahbarlik lavozimiga nomzod uchun)

 

Ha

 

Yo‘q


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

3.5

Nomzodda manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari mavjudligi:

 

Ha

 

Yo‘q

 

 

1) nomzodning yaqin qarindoshlari Inspeksiyaning amaldagi xodimi hisoblanadi

 

Ha

 

Yo‘q

(agar javob ijobiy bo‘lsa: ish joyi, lavozimi, asosiy majburiyatlarini ko‘rsating)


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

 

2) Nomzod yoki uning yaqin qarindoshlari rahbarlik lavozimi yoki qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq lavozimni egallab turgan bo‘lsa yoki potensial ravishda Inspeksiya kontragentlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar boshqaruv organlari tarkibiga kirsa

 

Ha

 

Yo‘q

(agar javob ijobiy bo‘lsa: FISh va qarindoshlik darajasi (agar manfaatlar to‘qnashuvi Nomzodning qarindoshlari bilan bog‘liq bo‘lsa), kompaniya nomi, lavozimi)


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

 

3) Nomzod yoki uning yaqin qarindoshlari har qanday Inspeksiyaning ommaviy muomalada bo‘lmagan aksiyalari yoki ustav kapitalidagi ulushi yoxud Respublika fond birjasi yoki boshqa fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlarning 5% va undan ortig‘iga egalik qilsa yoki kompaniyalar faoliyati natijalarida shaxsiy manfaatdorligi bo‘lsa (jumladan, investitsiyalar kiritish orqali)

 

Ha

 

Yo‘q

(agar javob ijobiy bo‘lsa: FISh  va qarindoshlik darajasi (agar manfaatlar to‘qnashuvi Nomzodning qarindoshlari bilan bog‘liq bo‘lsa), kompaniya nomi, lavozimi)


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

 

4) Boshqa alomatlar

 

Ha

 

Yo‘q


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

3.6

Ish joyiga nomzod yoki uning yaqin qarindoshlarining korrupsiyaviy, firibgarlik yoki boshqa qonunga xilof faoliyatiga doir ma’lumotlar yo‘qligi

 

Ha

 

Yo‘q


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

3.7

Nomzodga nisbatan boshqa xatar indikatorlari yo‘qligi (jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida namoyish etilgan hayot tarzi rasmiy ish haqiga mos kelmaydi va boshqalar).

 

Ha

 

Yo‘q


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

3.8

Boshqa ma’lumotlar (jumladan, intervyu natijalari)

 

Ha

 

Yo‘q


Izoh(lar):

Manba(lar):

 

4

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlili (3.5 hamda 3.6 bandlariga yoki ushbu bandlarning bittasiga javob ijobiy bo‘lsa) va ularni minimallashtirish choralari bo‘yicha tavsiyalar

 

 

 

 

 

5

Xulosa

 

 

Ha / Yo‘q

Izohlar

3.1, 3.2, 3.3 va 3.4 bandlarida ko‘rsatilgan xatar indikatorlari mavjudligi

 

Qayd etilgan toifadagi aqalli bitta xatar mavjud bo‘lgan taqdirda xulosa salbiy beriladi

3.5, 3.6, 3.7 va/ yoki 3.8 bandlarida xatar indikatorlari mavjudligi

 

Yuqori korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish imkonsiz bo‘lgan taqdirda xulosa salbiy beriladi

YaKUNIY NATIJA

(salbiy xulosa /ijobiy xulosa)

TAVSIYaLAR (aniqlangan xatarlarni hisobga olgan holda)

 

 

           

 

Ijrochi

________________________________________________________________

(FISh)

____________________________________              «___»_______ 20__y.

                                (imzo)                                            (sana)

 

 

Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy

bo‘limlariga ishga qabul qilinayotgan

nomzodlarni tekshirish bo‘yicha

yo‘riqnomaga 2-ilova

 

 

Inspeksiyaga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish reestri

 

T/r

Nomzodning FISh

Bo‘sh lavozim nomi

Markaziy apparatdagi yoki hududiy va tarkibiy bo‘linma nomi

Tekshiruv ijrochisi, FISh

Nomzodni tekshirish bo‘yicha hisobot sanasi va raqami

Tekshiruv natijasi (musbat / manfiy / aniqlangan xatarlar)

Tekshiruv natijasini asoslovchi qisqa izohlar

1

2

3

4

5

6

7

8

1

 

 

 

 

 

 

 

2

 

 

 

 

 

 

 

3

 

 

 

 

 

 

 

4

 

 

 

 

 

 

 

5

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

08.05.2024  Chop etish