Kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma

Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlarida

kontragentlarni tekshirishga oid

YO‘RIQNOMA

I.Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Yo‘riqnoma Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlarida (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya) tomonidan xarid qilish tartib-taomillari, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishda ishtirokchilarni majburiy tekshirishning (keyingi o‘rinlarda Xarid jarayonlari ishtirokchilarini tekshirish) asosiy talablari, tartibi va usullarini belgilaydi.
  2.  Xarid jarayonlari ishtirokchilarini tekshirishning maqsadlari quyidagilardan iborat:

Inspeksiya xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi va shaxsiy manfaatdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyaviy xatarlarni kamaytirish;

insofsiz ijrosi bilan shartnoma tuzish xatarini kamaytirish; 

xarid jarayoni ishtirokchisining shartnomada belgilangan tovarlarni yetkazib berish yoki xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish imkoniyatini baholash;

Kontragent bilan shartnoma tuzish to‘g‘risidagi qarorni tegishli darajada ehtiyotkorlik bilan qabul qilish.

  1. Xarid jarayonlari ishtirokchilarini tekshirish xaridning barcha ishtirokchilari, shu jumladan, ular o‘rtasidagi aloqa mavjudligi ehtimoli nuqtai-nazaridan ham amalga oshiriladi.
  2. Tekshiruv ushbu Yo‘riqnomaning 7 va 8-bandida ko‘rsatilganlardan tashqari barcha yangi kontragentlarga nisbatan, shuningdek amaldagi kontragentlarga nisbatan kamida bir yilda bir marta amalga oshiriladi.
  3. Ushbu Yo‘riqnomaning 7 va 8-bandida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, kontragent tekshiruvi natijalari bo‘yicha xulosani olmasdan turib shartnomani imzolash va (yoki) to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  4. Elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion shaklida o‘tkazilgan xaridlar bo‘yicha kontragentlar tekshirilmaydi.
  5. Shuningdek, tekshiruv quyidagi kontragentlarga nisbatan amalga oshirilmasligi mumkin:

Inspeksiya markaziy apparati bilan yoki tarkibiy va hududiy bo‘linmalar o‘zaro shartnomaviy munosabatga kirishayotgan bo‘lsa;

Kommunal va boshqa shu kabi xizmatlarni (shu jumladan, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, muhandislik-texnika ta’minoti, suv ta’minoti, suv chiqarish, oqava suvlarni tozalash, qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish (ko‘mish) tarmoqlariga ulanish), shuningdek davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar (ishlarning, xizmatlarning) narxlar (tariflar) bo‘yicha yetkazib beruvchi hisoblangan kontragentlar;

O‘zbekiston Respublikasining tabiiy monopoliyalari hisoblangan kontragentlar.

  1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilgan:

ijrochi – Inspeksiyada tuzilgan xarid komissiyasi a’zolari; 

kontragent – Inspeksiyaning xarid jarayonlari doirasida shartnomaviy munosabatlarga kirishishni rejalashtirayotgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs;

kontragent/kontragentning benefitsiar egasi (yakuniy benefitsiar) - kontragentning xususiy egasi bo‘lgan yoki ushbu Kontragent uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, qabul qilinayotgan qarorlarga ta’sir ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda uning harakatlarini bevosita yoki bilvosita nazorat qilish huquqi yoki imkoniyatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; 

korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor bo‘lishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy harakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;

manfaatlar to‘qnashuvi – Inspeksiya xodimining shaxsiy manfaati (bevosita yoki bilvosita) u tomonidan xizmat vazifalarini tegishli tarzda bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan va xodimning shaxsiy manfaati bilan Inspeksiya manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelayotgan yoki kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat; 

maxfiy axborot – bu olinishi, ishlanishi, uzatilishi yoki foydalanishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki axborot egasining ichki hujjatlariga muvofiq cheklanadigan har qanday shakldagi axborot; 

tashabbuskor – Inspeksiya tarkibiy bo‘linmasi;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi – Inspeksiya xodimi, uning yaqin qarindoshi yoki xodim bilan bog‘langan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat vazifalarini tegishli tarzda bajarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari) pul mablag‘lari, moddiy va nomoddiy qadriyatlar, boshqa mulk, foyda, imtiyoz va afzalliklar ko‘rinishidagi shaxsiy foyda olish.

yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari.

II.Tekshiruvni boshlash tartibi, tekshiruv uchun talab qilib olinadigan hujjatlar va axborot manbalari

  1. Xarid jarayoni doirasida uning ishtirokchilarini tekshirish xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilar bergan takliflar solingan konvertlarni baholash uchun ochilganidan keyin, biroq xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan taklifning aksepti to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.
  2. Xarid jarayoni doirasida qonunchilik va Inspeksiyaning ichki hujjatlari tomonidan o‘rnatilgan muddatlarga rioya qilinishi ustidan tekshiruvni amalga oshirish uchun ma’sul – tegishli Xarid komissiya raisi yoki shartnoma tashabbuskori hisoblanadi (agar xarid to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lsa).

Bunda, ijrochi Xarid komissiya raisi tomonidan tayinlanadi.

  1. Kontragentlar tekshiruvi ijrochi tomonidan hujjatlar tashabbuskoridan ushbu Yo‘riqnomaning 16-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingan sanadan 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
  2. Tekshiruvni belgilangan muddatlarda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda uning davomiyligi Xarid komissiyasi raisi bilan kelishilgan holda 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma shaklda uzaytirilishi mumkin.
  3. Kontragentlarning tekshiruvini shoshilinch tartibda o‘tkazish zaruriyati mavjud bo‘lgan hollarda, tashabbuskor tomonidan shoshilinchlilik asoslangan, tekshiruvni o‘tkazishning zarur muddatlari ko‘rsatilgan xizmat xati bilan Xarid komissiyasiga murojaat qiladi. Shoshilinch tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Xarid komissiyasi qarori asosida yo‘l qo‘yiladi.
  4. Kontragentlarni tekshirish uchun hujjatlarni to‘plash va taqdim qilish uchun Xarid komissiyasi raisi yoki tashabbuskor (agar xarid to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lsa) ma’sul bo‘ladi.
  5. Kontragentni tekshirish uchun ijrochiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

kontragentning o‘zi ushbu Yo‘riqnomaga 1-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldirgan yakuniy benefitsiarlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

kontragentdan olingan hujjatlar nusxasi (ushbu Yo‘riqnomaga 2-ilova);

kontragentning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlari (mavjud bo‘lsa) nusxasi (siyosatlar, nizomlar, hulq-ahloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi dasturlar va b.).

  1. Ushbu Yo‘riqnomaning 16-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni olish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq majburiy hisoblanadi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kontragentning ichki hujjatlari va yakuniy befesiarlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bundan mustasno. Kontragentning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlar va yakuniy benefitsiarlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishni rad etgan taqdirda, tashabbuskor
    bu haqda Kontragent ustidan taqdim etilgan hujjatlar asosida tekshiruvni amalga oshiradigan ijrochiga xabar beradi.
  2. Kontragentdan olingan barcha hujjatlar notarial tarzda yoki kontragentning vakolatli vakili tomonidan tegishli tarzda tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Taqdim etiladigan hujjatlar amal qilayotgan bo‘lishi, davlat reestrlari hujjatlari esa tekshiruv sanasiga qadar 30 (o‘ttiz) kundan ortiq bo‘lmagan muddatda olingan bo‘lishi kerak.
  3. Kontragentni tekshirish uchun ma’lumotlar to‘plash ijrochi tomonidan kontragent, uning egalari va rahbarlari, faoliyati to‘g‘risida yaxlit va xolis fikrga ega bo‘lish, shuningdek, undan olingan hujjat va ma’lumotlarning ishonchliligi,
    shu jumladan, ularning ishonchsizligi bo‘yicha belgilar yo‘qligini (soxtalashtirish alomatlari mavjud emasligini) baholash uchun amalga oshiriladi.

Kontragentlarni tekshirish doirasida ijrochi quyidagilarni tahlil qiladi:

kontragent tomonidan taqdim etilgan axborot va hujjatlar. Ushbu Yo‘riqnomaga 2-ilovada ko‘rsatilgan hujjatlarni kontragentdan olish imkoni bo‘lmaganda yoki olingan hujjat yoki axborotlarning ishonchli emasligi (soxtalashtirilgani) belgilari mavjud bo‘lgan hollarda ijrochi kontragent tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi xulosada tegishli belgi qo‘yadi;

ochiq manbalardan olingan ma’lumotlar. Ijrochi 3-ilovada ko‘rsatilgan axborot manbalaridan foydalanishi mumkin. Ushbu ro‘yxat tavsiyaviy bo‘lib, zaruriyat tug‘ilganda ijrochi boshqa manbalardan foydalanishi mumkin;

tegishli tashkilotlarga rasmiy so‘rovnoma yuborish yo‘li bilan olingan hujjatlar;

Inspeksiyaning ichki resurslari, shu jumladan, kontragentlar tekshiruvlari reestri, xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi reestri va boshqalar.

  1. Kontragentni tekshirish uchun ishlatilgan manbalar qonuniylik va xolislik talablariga javob berishi kerak.
  2. Zaruriyat bo‘lganda ijrochi tekshiruv davomida kontragentlarni joyiga chiqib, o‘rganishi mumkin. Bu kabi tekshiruvni o‘tkazish uchun ijrochi o‘z bo‘linmasi rahbari bilan kelishishi lozim.

Sayyor tekshiruv davomida Inspeksiya rahbari (vakolatli vakili) bilan uchrashuv bayonnomasi tuzilib, unda kontragentdan olingan, dastlab ijrochi tomonidan asl nusxalari bilan taqqoslangan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari sanab o‘tiladi. Olingan hujjatlar nusxalarining va (yoki) kontragentning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan izohlar ro‘yxati tekshirilayotgan kontragentning vakolatli vakili va ijrochi tomonidan imzolangan alohida ro‘yxat ko‘rinishida rasmiylashtirilishi va uchrashuv bayonnomasiga ilova qilinishi kerak. 

III. Kontragentlarni tekshirish metodologiyasi

  1. Kontragentlarni tekshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

1) kontragentning huquq layoqati, moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi va u bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlar tarixini tekshirish, shu jumladan: 

  1. a) shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, xodimlar va boshqa resurslarning mavjudligi;
  2. b) shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
  3. v) soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
  4. g) kontragentlarga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
  5. d) insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi;

2) kontragentning ish sohasidagi obro‘-e’tibori;

3) manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini tekshirish.

Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Tekshiruv yo‘nalishlari ro‘yxati har bir alohida holatda ijrochining xarid komissiyasi qarori bilan kelishilgan talabi bilan kengaytirilishi mumkin. Bunda, tekshirish yo‘nalishi davlat xaridlarini tartibga soluvchi qonunchilikka zid bo‘lishi va (yoki)  raqobat tamoyillarini cheklashga olib kelishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. 

  1. Ijrochi foydalanish mumkin bo‘lgan axborot manbalarining tahlilini amalga oshiradi va 25-27-bandlarda ko‘rsatilgan har bir yo‘nalishga nisbatan quyidagi kontragentning tekshiruv natijalari to‘g‘risida xulosada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning bor-yo‘qligini belgilaydi.
  2. Ushbu Yo‘riqnoma amalga kiritilgunga qadar shartnomaviy munosabatlarda bo‘lgan Inspeksiyaning amaldagi kontragentni tekshirishda ijrochi bundan avvalgi shartnomaviy munosabatlarning davomiyligi, ushbu kontragent bilan o‘zaro harakat tajribasi va uning Inspeksiya bilan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdagi halolligini tekshiradi.

Yangi kontragentni tekshirishda ijrochi kontragent tomonidan shu kabi shartnomalarning bajarilganligi to‘g‘risidagi axborot va boshqa buyurtmachilar (mijozlar) bergan tavsiyanomalarni tahlil qiladi hamda imkon darajasida ushbu kontragentning boshqa mijozlari oldidagi shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdagi halolligini tekshiradi. 

  1. Kontragentning huquq layoqatini, moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi
    va u bilan bo‘lgan munosabatlar tarixini tekshirish doirasida ijrochi quyidagi ma’lumotlarni aniqlaydi:

Tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona reestrida kontragentning borligi; 

kontragentning yuridik va amaldagi manzili; 

kontragent rahbari va ta’sischilarining F.I.Sh.; 

kontragent asosiy faoliyat turining xarid predmetiga muvofiqligi; 

kontragent faoliyatini tugatish, qayta tashkil etish, o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;

kontragentda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda litsenziyalanishi kerak bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun zarur litsenziyalarning (ruxsatnomalar) mavjudligi;

Kontragentda ochiq axborot, taqdim etilgan hujjatlar va buxgalteriya hisobdorligiga muvofiq, asosiy mablag‘lar, xususiy kapital, xodimlar va boshqa texnik, moliyaviy, moddiy va Inspeksiya oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa resurslarning mavjudligi;

Kontragent nomidan Inspeksiya bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan shaxsda tegishli vakolatning mavjudligi;

Kontragent maxsus axborot portalida insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilmaganligi;

Kontragentning so‘nggi ikki yil ichida Inspeksiya oldidagi shartnomaviy majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarmaganligi yoki ularning lozim darajada bajarmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emasligi;

Kontragentda soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi.

  1. Kontragentning ish sohasidagi obro‘-e’tiborini tekshirish doirasida ijrochi quyidagi ma’lumotlarni aniqlaydi:

ochiq axborot manbalarida kontragent, uning mulkiy egalari, shu jumladan benefitsiar mulkiy egalari yoki rahbarlarning firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar yoki boshqa noqonuniy faoliyatda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi axborot mavjud emasligi;

kontragent rahbariga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa davlat organlarida qoralovchi ma’lumot yoki materiallarning mavjud emasligi; 

kontragent, uning mulkiy egalari yoki bosh direktor (boshqaruv organlari a’zolari) va boshqa rahbarlarning jinoiy tuzilmalar, ekstremistik va terroristik Inspeksiyalar bilan o‘zaro aloqasi mavjud emasligi;

kontragentning ishbilarmonlik ahloqiy me’yorlari va korrupsiyaga qarshi kurash masalalarini tartibga soluvchi tartib-taomil va siyosatlarning mavjudligi;

kontragentning mulk egalari yoki rahbarlariga (boshqaruv organlari a’zolari) nisbatan uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat ishlari mavjud emasligi;

kontragent, uning mulk egalari yoki boshqa rahbarlari to‘g‘risida boshqa salbiy ma’lumotlar mavjud emasligi;  

  1. O‘zbekiston Respulikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining
    14-moddasiga muvofiq, Davlat buyurtmachisining, davlat xaridlari elektron tizimi operatorining, ixtisoslashgan Inspeksiyaning, ekspert Inspeksiyaining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek xarid komissiyasining a’zolari hamda ekspertlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lgan har qanday shaxsiy foydani bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas.

Shunga muvofiq, ijrochi ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda to‘ldirilgan kontragentning yakuniy benefitsiarlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomada aks ettirilgan ma’lumotlarning tadibirkorlik sub’ektlari Yagona davlat reestri ma’lumotlariga muvofiqligini tekshiradi. Ushbu tekshiruv Kontragentning rahbarlari va ta’sischilariga nisbatan ham amalga oshiriladi. Shuningdek, ijrochi manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki yo‘qligini quyidagi mezonlar bo‘yicha tekshiradi:  

kontragentning yagona yoki mulkiy egalaridan biri, shu jumladan, benefitsiar mulkiy egasi – bu Xarid jarayonining boshqa ishtirokchisi rahbari yoki uning yaqin qarindoshi emasligi;

kontragentni tanlashda ishtirok etuvchi tashabbuskor yoki Inspeksiyaning boshqa xodimlari yoki ularning yaqin qarindoshlari uning ustav kapitalidagi ommaviy aylanmada bo‘lmagan aksiyalari yoki hissalariga, yoki kontragentning Respublika fond birjasida yoki yana boshqa bir fond birjasida ommaviy aylanmada bo‘lgan 5% dan ortiq qimmatli qog‘ozlariga egalik qilmasligi;

kontragentni tanlashda ishtirok etuvchi tashabbuskor yoki Inspeksiyaning boshqa xodimlari yoki ularning yaqin qarindoshlari kontragent boshqaruv kengashi tarkibiga kirmasligi yoki uning faoliyati natijalaridan shaxsiy manfaatdorlikka (shu jumladan ularning investitsiyalarini amalga oshirishda) ega bo‘lmasligi;

kontragentni tanlashda ishtirok etuvchi tashabbuskor yoki Inspeksiyaning boshqa xodimlari yoki ularning yaqin qarindoshlari kontragentda rahbarlik lavozimi yoki qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq lavozimlarda ishlamasligi;

kontragent va Xarid komissiyasi a’zolari o‘rtasida affillanganlik aloqalarining mavjud emasligi;

manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan boshqa sharoitlar.

Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligini tekshirishni ijrochi kontragentlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiyalash doirasida Inspeksiya xodimlari tomonidan aks ettirilgan va tegishli reestrga kiritilgan ma’lumotlar bilan taqqoslash orqali amalga oshiradi.

V. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish va hujjatlashtirish

  1. O‘tkazilgan tekshiruv natijalari bo‘yicha ijrochi ushbu Yo‘riqnomaga
    4-ilovada keltirilgan shaklda xulosa tuzadi. Kontragent tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi xulosaga ijrochi o‘tkazilgan tahlil va tahlilni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qiladi.
  2. Real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari aniqlangan taqdirda ijrochi uni tartibga solish zaruriyati to‘g‘risida choralarni ko‘rish bo‘yicha Xarid komissiyasi raisi yoki tashabbuskorga taklif kiritadi. Agar manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari Inspeksiya xodimlarida aniqlangan bo‘lsa, bu haqda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ulga (keyingi o‘rinlarda – Ichki nazorat uchun mas’ul) xabardor qiladi. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud yoki mavjud emasligi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil yakunlari va uni tartibga solish bo‘yicha choralar ham kontragent tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi xulosada aks ettiriladi.
  3. Xatar indikatorlari aniqlanganda ijrochi kontragent tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi xulosada aniqlangan xatarlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan kontragent bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalarni taklif qiladi va aks ettiradi (masalan, shartnomaga avans to‘lovlarga taqiqni kiritish va boshqa).
  4. Ijrochi kontragent tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi xulosani Xarid komissiyasi raisi yoki tashabbuskorga taqdim etadi. Xarid komissiyasi raisi yoki tashabbuskor olingan xulosani xarid ishtirokchisini tanlash to‘g‘risida qarorni qabul qilish doirasida hisobga oladi, bu haqda xarid komissiyasi yoki kontragent bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishdagi bayonnomada tegishli yozuv kiritiladi.
  5. Kontragent va Inspeksiya xodimi o‘rtasida real manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda, u Xarid jarayonini davom ettirishdan oldin Inspeksiyada manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha ichki hujjatga asosan tartibga solinishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish imkoni bo‘lmagan taqdirda kontragent xarid jarayonida ishtirok etishdan chetlatilishi lozim.
  6. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri haridlar doirasida kontragentni tekshirish natijalariga ko‘ra, korrupsiyaviy xavf-xatarning mavjudligini yoki korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining yo‘qligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar aniqlansa, u holda kontragent bilan shartnoma tuzish ehtimoli haqidagi qaror Inspeksiya rahbari tomonidan qabul qilinadi.
  7. Kontragent tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi xulosa majburiy tartibda xarid qilish jarayonlari natijalari to‘g‘risidagi qaror qabul qilish, shartnoma bo‘yicha kelishish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun talab etiluvchi hujjatlar paketiga qo‘shib qo‘yiladi.
  8. Tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi xulosa chiqqanidan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay Ichki nazorat uchun mas’ul bu haqidagi ma’lumotni ushbu yo‘riqnomaga 5-ilovaga muvofiq shaklda Kontragentlarni tekshirish reestriga kiritadi.
  9. Kontragentlarni tekshirish reestri va kontragentlarni tekshirish natijalari, shuningdek, tekshiruv uchun ariza, kontragentni tekshirish natijalari to‘g‘risidagi xulosa, kontragentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda ijrochi tomonidan tegishli manbalardan olingan ma’lumotlar kontragent bilan shartnoma munosabatlari to‘xtatilgan kundan boshlab kamida 3 (uch) yil Ichki nazorat uchun mas’ulda saqlanadi.
  10. Kontragentlarni tekshirish reestri va kontragentlarni tekshirish natijalari, shuningdek, tekshiruv uchun ariza, kontragentni tekshirish natijalari to‘g‘risidagi xulosa, kontragentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda ijrochi tomonidan tegishli manbalardan olingan ma’lumotlar konfedensial bo‘lib, Inspeksiya xodimlariga va xizmat vazifalari va vakolatlari bunday ma’lumotlardan foydalanishni o‘z ichiga olmagan boshqa uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi.

VI. Yakuniy qoida

  1. Kontragentlarni tekshirish jarayoni doimiy ravishda Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan monitoring qilib boriladi.
  2. Davlat xaridlari va korrupsiyaga qarshi qonunchilikning ushbu yo‘riqnomaga ta’sir qiladigan normalari o‘zgarganda, ushbu Yo‘riqnoma qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

 Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlarida

kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnomaga 1-ilova

 

Yakuniy benefitsiarlar to‘g‘risida _______________________________

                                                              (haridlar ishtirokchisi) *

MA’LUMOTNOMA

 

F.I.Sh.

Tug‘ilgan sanasi

Shaxsning roli (rahbar / ta’sischi / yakuniy benefitsiar)

Shaxs rahbar/

ta’sischi/ yakuniy benefitsiar bo‘lgan davr

Ishtirok etish ulushi (faqat 5 foizdan ortiq ulushga ega ta’sischilar uchun), foizda

1.

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

4.

 

 

 

 

 

5.

 

 

 

 

 

6.

 

 

 

 

 

7.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

*so‘nggi ikki yil uchun to‘ldiriladi

 

Vakolatli shaxsning F.I.Sh._____________________________________________________________

Harid ishtirokchisidagi vakolatli shaxsning lavozimi_____________________________________

Ma’lumotnoma tuzilgan sana____________________________________________________________

Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlarida

kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnomaga 2-ilova

Kontragentdan tekshirish uchun so‘raladigan hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlardan talab

qilinadigan hujjatlar:

t/r

Hujjat nomi

Yuridik shaxs (YuSh) / Yakka tartibdagi tardbirkor (YaTT)

Yangi  kontragent

Joriy kontragent

1

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi

YuSh / YaTT

Majburiy

n/p

2

Soliq hisobiga qo‘yish, shu jumladan STIR to‘g‘risida ma’lumotlar

YuSh / YaTT

Majburiy

Majburiy

3

Yuridik shaxslarning yagona Davlat reestriga kiritish to‘g‘risida ma’lumot

YuSh / YaTT

Majburiy

Majburiy

4

Ustav va boshqa ta’sis hujjatlarining nusxasi

YuSh

Majburiy

O‘zgarish bo‘lganda so‘rab olish

5

Pasport nusxasi

YaTT

Majburiy

O‘zgarish bo‘lganda so‘rab olish

6

Ishonchnoma

YuSh / YaTT

Majburiy

Majburiy

7

Kontragent egaligi tuzilmasi, bunga benefitsar mulkiy egalarni ham hisobga olgan holda barcha mulk egalari kiritiladi

YuSh

Majburiy

O‘zgarish bo‘lganda so‘rab olish

8

So‘nggi hisobot yili uchun buxgalteriya hisoboti yoki so‘nggi hisobot yili uchun auditorlik xulosasi

YuSh / YaTT

Majburiy

Majburiy

9

Ko‘rsatilgan ishlar/xizmatlarni bajarish uchun malakali kadrlarning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (xat va / yoki tasdiqlovchi hujjatlar shaklida taqdim etilishi mumkin)

YuSh

Majburiy

O‘zgarish bo‘lganda so‘rab olish

10

Muvofiqlik litsenziyalari va sertifikatlari

YuSh / YaTT

Sotib olingan tovarlar/ishlar/xizmatlar turiga qarab majburiy

Sotib olingan tovarlar/ishlar/xizmatlar turiga qarab majburiy

Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlarida

kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnomaga 3-ilova

Kontragentlarni tekshirish uchun ochiq axborot manbalari

  1. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish Davlat xizmatlari agentligi platformasi - https://fo.birdarcha.uz/s/ru_landing
  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi - http://registr.stat.uz/
  3. Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali - https://my2.soliq.uz/main/info/debtors?lang=uz
  4. O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali - https://data.gov.uz/ru
  5. Toshkent shahar yer resurslari va Davlat kadastri boshqarmasi - http://kadastr.uz/ru/
  6. Insofsiz ijrochilarning yagona reestri - http://xarid.uz/unfairexecutor
  7. Iqtisodiy, ma’muriy, jinoiy va fuqarolik sudlarining sud hujjatlari - https://public.sud.uz/#!/sign/view
  8. Ofshor zonalar ro‘yxati- http://www.fatf-gafi.org/publications/high-risk-and-other-monitored-jurisdictions/documents/call-for-action-february-2021.html
  9. AQSh maxsus toifadagi va taqiqlangan shaxslar ro‘yxati (yoki WorldCheck ma’lumotlar bazasi)- https://sanctionssearch.ofac.treas.gov/

Ushbu ro‘yxat ijrochi tomonidan tekshirish uchun tavsiya etilgan manbalar ro‘yxati bo‘lib, zarur bo‘lganda kengaytirilishi mumkin.

Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlarida

kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnomaga 4-ilova

 

Kontragentni tekshirish haqidagi hisobot

1.

Ishtirokchining ismi

 

2.

STIR

 

3.

Ro‘yxatga olingan sana

 

4.

Yuridik va amaldagi manzili

 

5.

Rahbarning FISh

 

6.

Ta’sischilarning FISh

 

7.

Yakuniy benefitsiarlarning FISh

 

8.

Ishtirokchi tadbirkorlik sub’ektlari-ning Yagona Davlat reestrida bor

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

9

Ishtirokchidan imzo chekuvchi shartnoma tuzishga haqli

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

10

Ishtirokchining asosiy faoliyati xarid predmetiga mos keladi

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

11.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashda qarzdorliklarning yo‘qligi

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

12.

Ishtirokchiga nisbatan joriy etilgan qayta tashkil etish, tugatish (likvidatsiya), bankrotlik tartib-taomillarining yo‘qligi

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

13.

Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida ishtirokchi haqida yozuvning yo‘qligi

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

14.

Inspeksiya tizimida ishtirokchi bilan ishlashning avvalgi salbiy tajribasining yo‘qligi

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

15.

Ishtirokchi xaridning boshqa ishtirokchilari bilan affillanmagan

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

16.

Manfaatlar to‘qnashuvi / ishtirokchining Inspeksiya tizimi xodimlari bilan affillanganligi haqida ma’lumot yo‘qligi

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

17.

 

Aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish chora-tadbirlari

Manfaatlar to‘qnashuvlarini tartibga solish chora-tadbirlari tavsifi

18.

 

Korrupsiyaga oid qoidabuzarliklar ehtimoli haqida ma’lumotlar

Mavjud emas / Manba: [havola], [Harid jarayonlari ishtirokchisining korrupsiyaga odi qoidabuzarligi/poraxo‘rligi tavsifi]

19.

Ish sohasidagi obro‘sining salbiy omillari ehtimoli haqida ma’lumotlar

 

Mavjud emas / Manba: [havola], [ishchanlik obro‘sining salbiy omillari tavsifi]

20.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hujjatlarning mavjudligi (veb-saytda taqdim etilgan yoki mavjud)

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

21.

Ishtirokchining sayti

Mavjud emas/ Saytning manzili: [havola], faol / faol emas

22.

Ishtirokchi mavjudligi muddati (yillarda)

 

23.

Ishtirokchining moliyaviy, moddiy, texnik, kadrlar va boshqa resurslari miqdori shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

24.

Ishtirokchi tekshirish uchun barcha zarur hujjatlarni taqdim etgan

Ha

 

Yo‘q

 

 

 

 

Agar taqdim etmagan bo‘lsa, taqdim etilmaganlarini ko‘rsating:

25.

Hisobotga ilova qilingan boshqa materiallar

 

a)

[Hujjat / materialning qisqacha tavsifi]

 

b)

Хатарлар аниқланганлигини (ҳа, йўқ) ва, агар шундай бўлса, қандай хатарлар ва уларни қандай камайтириш мумкинлигини кўрсатинг

[Hujjat / materialning qisqacha tavsifi]

 

v)

[Hujjat / materialning qisqacha tavsifi]

 

g)

[Hujjat / materialning qisqacha tavsifi] va b.

 

Tekshirish natijalari asosida

asosiy xulosalar va kuzatishlar

 

 Xarid jarayoni ishtirokchisini tekshirishni amalga oshirgan xodim haqida ma’lumotlar

 

F.I.Sh.

 

 

Lavozimi

 

 

Hisobot tuzilgan sana

 

 

Lotning raqami

 

 

Imzo

 

                         

Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlarida

kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnomaga 5-ilova

 

Xarid jarayonlari ishtirokchilarini/kontragentlarni tekshirish reestri

T\r

Tekshirish so‘rovi olingan sana

Ijrochi

Tashabbuskor (FISh, lavozimi va bo‘limi)

Kontragent nomi

Kontragentning STIR

Taqdim etilgan hujjatlar

Shartnoma munosabatlarini o‘rnatishning maqsadi

Oldingi tekshiruvlar haqida ma’lumot (sanasi, ijobiy/ salbiy xulosa / dastlabki tekshirish)

Aniq-langan xavflar

Xulosa sanasi

Izohlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

1

 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

2

 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

3

 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

4

 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

5

 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

25.09.2024  Chop etish