GIOK

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
markaziy apparatining vakant
lavozimlariga qo‘yiladigan
MALAKA TALABLARI

 

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis

Mezonlar

Umumiy malaka talablari

Ma’lumot

Oliy

Kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim.

Mutaxassislik

Yurisprudensiya, Kadrlar menejmenti, Ijtimoiy va inson resurslari menejmenti, Pedagogika

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lgan taqdirda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Mehnat staji

Davlat idora va tashkilotlarida soha bo‘yicha 5 yildan kam  bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi

Budjet tashkilotlarida mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega, shundan kamida 2 yili rahbarlik yoki boshqaruv lavozimidagi ish stajidan iborat    bo‘lishi lozim.

Davlat tilini bilishi

Davlat tilini bilishi (O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatiga ega bo‘lishi afzalliklar beradi)

Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim. Bunda Tanlov komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatiga ega bo‘lgan xodimi a’zo sifatida kiritilib, u tomonidan baholanadi. Qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Xorijiy tilni bilish darajasi

Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lib qolgan taqdirda xorijiy tilni bilish darajasi belgilangan IELTS, TOEFL, IBT, CEFR kabi sertifikatlarning darajasiga qarab yuqori darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Kompyuter savodxonligi

Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi

Word, Excel kabi ilovalar hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Nomzodning test sinovi bosqichida AKT yo‘nalishida berilgan savollarga javobi suhbat jarayonida inobatga olinadi. Bunda test sinovi natijasi bo‘yicha qo‘yiladigan ball baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Qo‘shimcha talablar

Mehnat munosabatlariga oid qonunchilik hujjatlarini bilishi, me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, rasmiylashtirish, kelishish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, malakasini oshirganligi

1. Mehnat munosabatlariga oid qonunchilik hujjatlarini bilishi va ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olishi, qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.

2. Hujjatlar aylanmasi va ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shuningdek ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.

3. Soha bo‘yicha oxirgi 3 yil davomida malaka oshirgan bo‘lishi.

23.06.2022  Chop etish