IKT

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi
markaziy apparatining vakant
lavozimlariga qo‘yiladigan
MALAKA TALABLARI

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini  joriy etish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

Mezonlar

Umumiy malaka talablari

Ma’lumot

Oliy

Kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim.

Mutaxassislik

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lgan taqdirda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Mehnat staji

Sohada kamida 5 yillik amaliy mehnat stajiga ega bo‘lishi, shundan kamida 2 yili rahbarlik lavozimi bo‘lishi

Temir yo‘l transportida soha va mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega, shundan kamida 2 yili rahbarlik yoki boshqaruv lavozimidagi ish stajidan iborat    bo‘lishi lozim.

Davlat tilini bilishi

Davlat tilini bilishi (O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatiga ega bo‘lishi afzalliklar beradi)

Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim. Bunda Tanlov komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatiga ega bo‘lgan xodimi a’zo sifatida kiritilib, u tomonidan baholanadi. Qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Xorijiy tilni bilish darajasi

Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lib qolgan taqdirda xorijiy tilni bilish darajasi belgilangan IELTS, TOEFL, IBT, CEFR kabi sertifikatlarning darajasiga qarab yuqori darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Kompyuter savodxonligi

Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi

Kompyuter savodxonligi bo‘yicha MS Office ilovalari dasturlarida hamda Internet tarmog‘ida professional darajada ishlay olishi. Nomzodning test sinovi bosqichida AKT yo‘nalishida berilgan savollarga javobi suhbat jarayonida inobatga olinadi. Bunda test sinovi natijasi bo‘yicha qo‘yiladigan ball baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Qo‘shimcha talablar

Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglashi, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi, internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, malakasini oshirganligi

1. Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglashi, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi, internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, temir yo‘l transporti sohasida harakat xavfsizligini ta’minlashga, tadbirkorlik sub’ektlarida nazorat tadbirlarini amalga oshirishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlarini bilishi va ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olishi, qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.

2. Hujjatlar aylanmasi va ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shuningdek ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.

3. Soha bo‘yicha oxirgi 3 yil davomida malaka oshirgan bo‘lishi.

23.09.2024  Chop etish